So’nggi yangiliklar

20:36ФИФА рейтинги. Ўзбекистон футзал жамоаси 11 ўринда  4 20:00Суперлига. "Нефтчи" "Қизилқум" билан ўйиннинг сўнгги дақиқасида ғалабани қўлдан чиқарди  43 19:45АПЛнинг бир қанча клублари Дюмфрисга қизиқиш билдирмоқда  1 19:16Франция президенти Мбаппе Олимпиадада ўйнашини хоҳламоқда  5 18:47Малайзия терма жамоаси футболчисига кислота сепилди  3 18:18"Андерлехт" "Бавария" дарвозабонига қизиқмоқда  1 17:49"Бавария" вингери машғулотларга киришди  1 16:55Бьелса Уругвай терма жамоасига ҳаваскорлар лигасидан футболчи чақирди  3 16:28Магуайр жароҳати сабаб мавсумнинг қолган қисмида майдонга туша олмайди  1 16:00Маккенни "Ювентус"да қолмоқчи  0 15:33"Навбаҳор" "Локомотив"га ҳеч қандай имконият қолдирмаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  14 15:11Марказий Осиё. Фақатгина Қозоғистонда етакчи ўзгарди, қолган мамлакатларнинг чемпионатларида ҳаммаси ўз ўрнида  5 14:59Шенсни яна "Арсенал"да ўйнайдими?  2 14:30Тен Хаг раҳбариятдан "Манчестер Юнайтед" таркибини кучайтиришни сўради  4 14:04Аргентина терма жамоаси ва "Барселона" собиқ бош мураббийи ҳаётдан кўз юмди  3

“Obod” stadioni haqida Yangiliklar

“Obod” stadioni haqida

Teglar :  Obod
Birinchi liga jamoalarining uy stadionlari haqidagi tanishtiruvimizni davom ettiramiz.

Birinchi liga jamoalarining uy stadionlari haqidagi tanishtiruvimizni davom ettiramiz. Bugun oliy ligaga chiqishga asosiy davogar bo'lgan “Obod”ning “uyi” haqida malumot beramiz. Xuddi “Zomin” stadionini tanishtiruvidagi kabi bu safar ham ko'proq suratlarga urg'u beramiz. Zero, surat stadion haqida tasavvurni ko'proq bo'lishiga zamin yaratadi. Ikki yildan buyon O'zbekiston Birinchiligi bahslarida ishtirok etib kelayotgan “Obod” o'tgan mavsumni uchinchi o'rinda yakunlagandi. Bu yil jamoa oliy ligani ko'zlab qo'ya qoldi. Qolaversa, O'zbekiston Kubogi bahslarida ham o'ziga xos natija qayd etdi. Qisqasi, klub qisqa vaqt ichida o'zbek futbolida o'z o'rnini munosib ravishda topishga ulgurdi. 


Jamoa uy uchrashuvlarini poytaxtimizning Yashnobod tumanida joylashgan “Obod” suniy qoplamali maydonida o'tkazadi. Klub rasmiylari jamoani tashkil qilganidan so'ng mazkur stadionni barpo etishgandi. Stadion atrofida klub bazasi ham joylashgan. U erda futbolchilarga barcha sharoitlar yaratilgan. Qolaversa, maydon atrofida voleybol maydoni ham bor. Maydonning o'zi haqida gapiradigan bo'lsak, standart talablarning maksimal darajasida. Aksar jamoa futbolchilari bu maydonda to'p surganida charchab qolishadi, ayniqsa ikkinchi bo'limda. Maydonning ikki tarafida muxlislar uchun bir qator qilib, plastik stullar joylashtirib chiqilgan. O'rindiqlar bilan maydonning orasida hech qanday to'siq yo'q. Boz ustiga, oraliq masofa ham uzoq emas. Fikrimizcha, maydon o'lchamini qisqartirib, maydon va o'rindiqlar orasida baland bo'lmagan to'siq qo'yib chiqilsa maqsadga muvofiq bo'lardi. Bu orqali o'yin davomida darvozalar ortida ham muxlislar bemalol turishining oldi olinarmidi? Sababi, jamoaning “Oq-tepa”ga qarshi o'yiniga bo'lgan qiziqish yuqori bo'lgani tufayli ishqibozlar tashrifi ko'p bo'ldi. Natijada muxlislar uchrashuv davomida etarlicha noqulayliklar keltirib chiqarishdi. Xususan, o'yin davomida bir ishqiboz mezbonlar darvozasining ustuniga suyanib uchrashuvi tomosha qilgan holatlarga ham guvoh bo'ldik. Maydon bilan o'rindiqlar uchun ajratilgan joy orasida hech qanday to'siq yo'qligi bois, o'sha bellashuvda futbolchilar burchak to'plaridan foydalanishda ham biroz qiyinchilikka duch kelishdi. Yana bir gap: “Obod”ning rasmiy o'yini paytida stadion biqinida joylashgan voleybol maydonida o'yin o'tkazilishi ham bir qator noqulayliklar keltirib chiqarishiga guvoh bo'ldik. Jumladan, voleybol to'pi maydonga tushib ketgan holatlarni ko'rdik. 


Maydonning bir tomon markazida ikki qavatli maxsus tribuna joylashgan. Birinchi qavatda jamoalarning zaxira o'yinchilari, ikkinchi qavatda esa, rasmiy shaxslar o'tirishlari mumkin. Uchrashuvning to'rtinchi hakami ham shu erdan o'yinni kuzatib boradi. Bu erda ham bitta noqulaylikka guvoh bo'ldik. Aniqrog'i, zaxira o'rindig'i bilan muxlislar o'rindig'i orasida to'siq yo'q. Agar to'rtinchi hakam sinchkov bo'lmasa istagan ishqiboz zaxira o'rindig'iga o'tirib olish ehtimoli bor, ammo bu juda katta muammo emas. 


Stadionda ajoyib tablo bor. O'tgan yili “Obod” o'yingohida tablo yo'q edi, ushbu mavsumdan klub rahbariyati tablo qo'ydi. SHaxsan menga stadionda eng yoqqan narsa tablo bo'ldi. Sababi, bu yil birinchi liganing deyarli barcha stadionlarga borib, bunday ixcham, bejirim tabloni ko'rmagandim. Malum bo'lishicha, tablo klubga 5 million so'mga tushgan. Suratda tabloni ko'rishingiz mumkin. Aytish kerak, qolgan klublarimiz ham shunday tablodan foydalanishni tavsiya qilamiz, albatta bu taklifimiz birinchi liga jamoalariga tegishli. Havaskor klublarimizni katta-katta tablolarga mablag' ajrata olmasligini bilamiz, lekin hech bo'lmasa shunday tablodan foydalanishsin! Har holda 5 million bitta klub uchun katta summa emas. Tablo stadion ko'rki sanaladi. Eski, qog'oz tablolardan voz kechish vaqti keldi. Asosiysi, uchrashuv yakunlanganidan keyin o'yin natijasini bilish uchun ham tablo kerak! 

Furqatbek Nishonov 


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика