"Obod" - "Qo'qon-1912" uchrashuviga oid malumotlar
08 mar 2017 23:29
Yangiliklar
"Obod" - "Qo'qon-1912" uchrashuviga oid malumotlar
"Obod" indinga, 10 mart kuni 2-tur doirasida "Qo'qon-1912" jamoasiga qarshi maydonga chiqadi. "Jar" stadionida bo'lib o'tadigan bellashuv 16:00da boshlanadi. Ertaga klublarning o'rinbosarlar tarkibi o'zaro hisob-kitob qiladi. Mazkur bellashuv ham 16:00da start oladi. O'yin "Obod" maydonida bo'lib o'tadi.
Aytish kerak, jamoalarning har ikkala tarkibi ham qanday rangdagi liboslarda to'p surishlari malum bo'ldi. Ertaga bo'lib o'tadigan o'rinbosarlar bahsida mehmonlarimiz ko'k, yoshlarimiz oq rangdagi liboslarda harakat qiladi. Asosiy tarkib azolari aksincha, "Qo'qon-1912" oq, "Obod" azolari ko'k rangdagi liboslarda to'p suradi.
Malumot o'rnida aytib o'tamiz, "Sport" telekanali "Jar" stadionida bo'lib o'tadigan "Obod" - "Qo'qon-1912" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni jonli efirda olib ko'rsatishni rejalashtirgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar