So’nggi yangiliklar

03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  0 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  5 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  27 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  28 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  3 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  0 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  4 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  2 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"  16

Obod - Qizilqum: CHiptalar sotuvga chiqarildi Yangiliklar

Obod - Qizilqum: CHiptalar sotuvga chiqarildi

Teglar :  ObodQizilqum
9 aprel kuni “Obod” klubi O'zbekiston XXV milliy chempionatining 4-tur o'yinlari doirasida Navoiyning “Qizilqum” jamoasini qabul qiladi.

Mazkur o'yinga qiziqish nihoyatda yuqori va buning o'ziga yarasha sabablari bor. Birinchidan, oliy liganing yangi vakili “Obod” mamlakat chempionati va kubogi bahslarida chiroyli o'yinlari bilan muxlislarni xushnud etmoqda. To'g'ri, jamoa hali milliy chempionatda g'alaba qozonganicha yo'q. Biroq, “obod”chilar o'yinida mano va mazmun borligini muxlisu-mutaxassislar etirof etishyapti. Bu esa ertangi o'yin oldidan muxlislar qalbida ijobiy natijaga umid uyg'otmoqda. Biroq, joriy mavsumni ko'tarinki ruhda boshlagan navoiyliklar ham g'olibona odimini davom ettirishdan umidvor. SHunday ekan, shanba kuni ishqibozlar “JAR” stadionida ajoyib futbol spektakliga guvoh bo'lishlariga shubha yo'q.

Professionalizm sari dadil odimlayotgan “Obod” jamoasi OFK talablaridan kelib chiqqan holda bo'lajak o'yinga chiptalar sotuvini yo'lga qo'ydi. “Obod” – “Qizilqum” bahsini bevosita stadiondan tomosha qilish istagida bo'lgan muxlislar 8 apreldan chiptalarni “JAR” stadioni kassalaridan xarid qilishlari mumkin. CHiptalar bahosi 7 mingdan 15 ming so'mgacha qilib belgilangan. SHoshiling, chiptalar cheklangan miqdorda!

O'zbekiston XXV milliy chempionati. 4-tur.
“JAR” stadioni. 9 aprel, 16:00
Obod (Toshkent) – Qizilqum (Navoiy)
Hakamlar:
R.Ermatov, A.Rasulov, J.Saidov, R.Lutfulin (barchasi Toshkent shahridan)
Nazoratchi hakam: R.Serazetdinov (Toshkent)

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика