"Obod": Muxlislarni stadionga chorlaymiz!
05 avg 2017 10:57
Yangiliklar
"Obod": Muxlislarni stadionga chorlaymiz!
Oliy ligada ikkinchi mavsumini o'tkazayotgan "Obod" mavsumning ikkinchi qismiga katta yangiliklar bilan etib keldi. Xususan, jamoaning murabbiylar shtabida, tarkibda bir qator o'zgarishlar ro'y berdi.
Jamoaga ukrainalik mutaxassis Demchenko Andrey Anatolevich bosh murabbiylik qiladi. Unga mahalliy yosh murabbiy Vohid Xolboev yordam beradi. Tarkibdagi o'zgarishlar haqida alohida malumot beramiz.
"Obod" ikkinchi davradan boshlab, uy uchrashuvlarini Toshkent temiryo'l muhandislari instituti qoshidagi stadionda o'tkazadi. Bugun bo'lib o'tadigan "Obod" - "Navbahor" bellashuvi ham aynan shu o'yingohda bo'lib o'tadi. Bahs 17:30da boshlanadi. Qiziqarli o'tishi kutilayotgan uchrashuvga muxlislarni chorlab qolamiz!
Oliy liga. 16-tur
OBOD - NAVBAHOR
5 avgust. Toshkent. TTYMI stadioni. 17:30
Bosh hakam: Olim Tolibjonov (Toshkent).
Qanot hakamlari: Ruslan Serazetdinov (Toshkent), Bahodir Bahromov (Toshkent).
Zaxiradagi hakam: Igor Gormashov (Toshkent).
Nazoratchi: Oleg Dachev (Toshkent).
O'zPFL vakili: Valeriy Lyotkin.
"Obod" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar