"Obod" futbolchisi maydonda qon libosda harakat qildi (FOTO)
06 sen 2014 09:00
Yangiliklar
"Obod" futbolchisi maydonda qon libosda harakat qildi (FOTO)
4 sentyabr kun O'zbekiston birinchi ligasining ikkinchi bosqich 5 tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
Toshkentning "Obod" jamoasi o'z maydonida Samarqandning "SHerdor" jamoasini qabul qilib, 3:1 hisobida g'alabaga erishdi. Uchrashuvning birinchi bo'limi 20-daqiqasida maydon egalarining 19-raqamdagi futbolchisi kichik jarohat oldi va o'yindagi libosining kattagina qismi qon bilan qoplandi. Formaning qon bo'lgan qismi yuvib tashlanishiga qaramay, baribir qon tekkan qismi qolib ketdi. Futbolchining zaxira formasi bo'lmagani uchun o'yin oxirigacha ushbu libosda harakat qilishga majbur bo'ldi.
Reglamentga binoan agar futbolchining o'yin libosida qon bo'ladigan bo'lsa, maydonga tushishga ruxsat berilmaydi. Zaxira formadan foydalanish kerak. Ayni vaqtda Oliy liganing eng baquvvat klublarida ham ikkinchi zaxira formasi bo'lmaganini inobatga olgan holda birinchi liga uchun buni oddiy qabul qilsak bo'ladi. Zaxira formasi bo'lmagan taqdirda o'yin vaqti yuzaga kelgan vaziyatlarda boshqa raqamsiz o'z jamoasi rangidagi libosda harakat qilish mumkinligi haqida reglamentda yozib o'tilgan.

Fikrlar