So’nggi yangiliklar

15:46"Лацио" — "Наполи". Таркиблар маълум  1 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  4 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  2 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  1 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0 12:04Бу йил Суперлига "ёнади", декабрда ҳам ўйинлар бўлади  7 12:00Бугунги ўйинлар: "Ман Сити" — "Челси", "Реал" — "Бетис" ва бошқалар  3 11:22"Барселона" Бастонининг трансфери бўйича қарор қабул қилди  6 10:43Пеп Гвардиоланинг "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:15Драган Черан: “Андижонлик мухлислар нафақат Ўзбекистонда, балки жаҳон даражасидаги бренд”  12 09:48Лионель Месси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  5 09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  6

“Obod” - “Dinamo” uchrashuvidan keyingi “miks-zona” Yangiliklar

“Obod” - “Dinamo” uchrashuvidan keyingi “miks-zona”

Kecha oliy liga 11-turidan o'rin olgan “Obod” – “Dinamo” (3:1) uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu bahsdan so'ng ikkala jamoa futbolchilari maxsus “miks – zona”da  o'yin haqida o'z fikrlarini bildirishdi.

Javohir Qahramonov

“Obod” klubida avval to'p tepganman. Ushbu jamoadagi futbolchilarni o'yin uslubini bilardim. Ushbu bahsda omad “Obod” jamoasiga kulib boqdi. O'zimizning himoyadagi xatolarimiz tufayli o'z darvozamizdan 3ta gol olib chiqdik. Keyingi uchrashuvlarda ushbu xatolarimizni takrorlamaslikka harakat qilamiz”, - deydi Javohir Qahramonov


Sanjar Rihsiboev

“Dinamo” jamoasiga qarshi qiyin o'yin bo'lishini oldindan bilardik. Ketma-ket mag'lubiyatlardan so'ng o'z uyimizda g'alabaga erishdik. Ushbu g'alabadan barchamiz xursandmiz. “Dinamo” yaxshi shakllangan jamoa. Ularda 10 kishi hujumga o'tsa 10 kishi himoyaga qaytada. Jamoaviy o'yin yaxshi hisobiga ular kuchli o'yin ko'rsatadi. Mashg'ulotlar paytida bosh murabbiyimiz ko'rsatgan taktikani o'yin paytida amalga oshirdik va bu narsa bizga ish berdi. Biz jamoaviy o'yin evaziga g'alabani qo'lga kiritdik. Uchrashuvda 3:0 hisobida oldinda borayotganimizda biroz xotirjamlikka berildik va shuni evaziga o'z darvozamizdan 1ta to'p olib chiqdik. Bundan keyingi o'yinlarda mana shu xatoyimizni takrorlamaslikka harakat qilamiz”, - deydi Sanjar Rixsiboev


SHoxruz Norxonov

“Biz ushbu o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. Birinchi bo'limda raqiblar darvozasi oldida bir qator vaziyatlarni yaratgan bo'lsakda biroz omadimiz kelmadi. Ikkinchi bo'limda murabbiyimiz ko'rsatmalari bilan maydonda to'p tepdik. Uchrashuvda jamoadoshim hisobni ochganidan keyin hujum qilishga berilib ketdik. “Dinamo” himoyachilarining himoyadagi xatolaridan unumli foydalandik va ularning darvozasiga 3ta to'p kiritdik. “Dinamo”ga qarshi o'yinda raqiblar darvozasini ishg'ol qilmagan bo'lsamda g'alabaga o'z hissamni qo'shganimdan xursandman. Jamoadoshim Sanjar Rihsiboev ushbu uchrashuvda juda ham chiroyli o'yin ko'rsatdi va gol urdi. Jamoamiz sardori Anvar aka G'ofurov ham yaxshi harakat qildi. Umuman “Dinamo”ga qarshi bahsda barcha jamoadoshlarim zo'r o'yin ko'rsatishdi. Buning uchun ularga katta rahmat aytaman”, - deydi SHoxruz Norxonov



Jahongir Sotvoldiev yozib oldi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика