Oblak unga "CHelsi" qiziqayotgani borasidagi savolga javob berdi
08 sen 2020 11:00
Yangiliklar
Oblak unga "CHelsi" qiziqayotgani borasidagi savolga javob berdi
"Atletiko" darvozaboni Yan Oblak Londonning "CHelsi" klubiga ehtimoliy transferi haqida gapirdi.
"Mish-mishlar - ishim va hayotimning bir qismi. Barcha bo'layotgan narsalar meni bezovta qilmaydi. SHu kunlarda bor etiborimni milliy jamoadagi o'yinlarga qaratganman. Men kundan kunga o'tib yashayapman va kelajakni ko'ra olmayman.
Agar menda nima bo'lishini o'ylashga vaqt bo'lsa ham, hozirgi paytda tashvishlanishdan foyda yo'q. Barchamiz bilamizki, biz malum bir vaqtda yashaymiz va hamma narsa kundan kunga o'zgarib boradi", - deydi Oblak.
Sloveniyalik posbon yakunlangan mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 38ta o'yinda maydonga tushdi va o'z darvozasidan 24ta to'p olib chiqdi.
Eslatib o'tamiz, dunyoning eng qimmat darvozaboni ayni damda Millatlar Ligasi sabab Sloveniya terma jamoasi ixtiyorida bo'lib turibdi.

O’xshash yangiliklar
01:50
Ispaniya Superkubogi. "Barselona" "Atletik"ni o'ta yirik hisobda taslim etib, finalga yo'l oldi 30
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar