Oblak: "Manchester Siti" bilan ikki o'yinda "Atletiko"da ko'proq imkoniyat bo'ldi. Gol urish uchun omad etishmadi"
14 apr 2022 14:04
Yangiliklar
Oblak: "Manchester Siti" bilan ikki o'yinda "Atletiko"da ko'proq imkoniyat bo'ldi. Gol urish uchun omad etishmadi"
"Atletiko" darvozaboni Yan Oblak "Manchester Siti" (0:0)ga qarshi CHempionlar Ligasi 1/4 final javob o'yini haqida gapirdi.
"Biz juda ham harakat qildik, ajoyib o'yin bo'ldi, ko'prog'iga loyiq edik. Xafamiz, gol urish va yutish uchun barchasini qildik.
Ilk o'yinda raqib yaxshiroq edi, ammo ikkinchi taymda biz kuchli edik. Ikki o'yinni birga qo'ysak, bizda ko'proq imkoniyatlar bo'ldi. Ammo, bu yakunda yarim finalga chiqish uchun etarli bo'lmadi.
Kiyim almashtirish xonasida barcha xafa, sababi yarim finalga chiqa olmadik, ammo hech kimni ayblab bo'lmaydi. Har bir futbolchi borini berdi. Gol urish uchun omad etishmadi", - deydi Oblak.
Fikrlar