So’nggi yangiliklar

21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  1 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  0 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  2 19:28"Ювентус" "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини трансфер қилмоқчи  0 19:16Расман: Ўзбекистоннинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси "Қўқон-1912"га ўтди  1 19:00Конате Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 18:35Эшитдик-да! ЎФА Хорватия терма жамоаси собиқ устозига таклиф билан чиқди  38 18:05Топ-трансферлар вақти. "Арсенал" ва "Ливерпуль" "тезлигига" пулдан муаммоси йўқ "Ньюкасл" ҳам дош беролмаяпти   1 17:45"Истанбул Башакшеҳир" матбуот хизмати Аббос Файзуллаевнинг трансфери масаласида маълумот берди  3 17:26Украиналик мутахассис "Андижон" мураббийлар штабига қўшилди  7 17:10Расман: Болтабоев "Нефтчи"ни тарк этди  3 16:55"Сўғдиёна" ва "Бунёдкор" қирғиз клуби билан ўйнайди  0 16:35"Реал" ҳимоячисини "Алавес"га сотди  0 16:06"Ливерпул"да Рэшфорд?! Катта трансферга тайёргарлик бошланди!  4

Obid Jo'raboev: “Navbahor” klubidan taklif bo'lgandi, lekin...” Yangiliklar

Obid Jo'raboev: “Navbahor” klubidan taklif bo'lgandi, lekin...”

O'tgan yili Andijonning “Andijon” klubida to'p tepgan Obid Jo'raboev ayni damda G'uzorning “SHo'rtan” klubi mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda.
“Andijon” klubi birinchi ligaga tushib ketganidan so'ng, bir qator jamoalardan takliflar bo'ldi. “Andijon” jamoasi raxbariyatlari ham klubda qolib yordam bergin deyishyapti. “SHo'rtan” jamoasidan taklif bo'lganidan so'ng ushbu jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etyapman. Hozircha ushbu klub bilan shartnoma imzolaganim yo'q.

“SHo'rtan” klubi barcha shart-sharoitlari meni qoniqtirmoqda. Ushbu klubda avval ham to'p tepganman. SHuning uchun ham men uchun begona emas. “Navbahor” klubi bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov “Norin”ga qarshi o'tish uchrashuvidan oldin menga qo'ng'iroq qilib “Navbahor”da avval to'p tepgan ekansan, jamoaga qayt”, degandi. Ushbu murabbiy bilan og'zaki kelishuvga erishgandik. Lekin murabbiyning fikri o'zgarib qoldimi yoki boshqa muammo bo'ldimi, menga qo'ng'iroq qilishmadi.

SHundan so'ng boshqa jamoalardan bildirilayotgan takliflarga etibor berishga majbur bo'ldim. Avval “Bunyodkor” jamoasi safida harakat qilgan bo'lsam ham, ushbu klubdan taklif bo'lmadi. Agarda taklif bo'lganida albatta “Bunyodkor”ga qaytardim. CHunki bunday jamoada to'p tepishni barcha futbolchilar istasa kerak”, - deydi Obid Jo'raboev.

Jahongir Sotvoldiev
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика