Obid Hakimov: "Xato qilishga haqqimiz yo'q"
18 apr 2016 15:25
Yangiliklar
Obid Hakimov: "Xato qilishga haqqimiz yo'q"
O'zbekiston Birinchiligining 3-turidan o'rin olgan "Oq-tepa" - "G'ijduvon" jamoalari o'rtasidagi bellashuv oldidan mezbonlar himoyachisi Obid Hakimovning fikrlari bilan qiziqdik.
- Jamoa deyarli yangilangani bois, futbolchilarning maydonda bir-birlarini tushunib olishlari qiyin kechdi. Bu O'zbekiston Kubogi va chempionatning ilk o'yinida o'z natijasini ko'rsatdi. Hozir hammasi joyida. "G'ijduvon" yaxshi jamoa. Ular buni dastlabki ikki turda 4 ochko olib isbotlashdi. Biz raqibni hurmat qilamiz, lekin uchrashuvda g'alaba uchun o'ynaymiz. Sababi, endi xato qilishga haqqimiz yo'q. Oldimizga oliy ligaga chiqish vazifasi qo'yilgan ekan, hech bir o'yinda ochko yo'qotmasligimiz zarur. Bugun o'z maydonimizdagi ilk uchrashuvimizni o'tkazamiz. Tabiiyki, g'alaba uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz. Bizni bundan boshqasi qoniqtirmaydi, - deydi Hakimov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar