Obameyang: "Stok Siti"ni mag'lub etish oson bo'lgani yo'q"

Aziz Tukhtamuradov
1 apr 2018, 19:55
"Arsenal" futbolchisi Per-Emerik Obameyang "Stok Siti"ga qarshi o'yinda qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yin oson bo'lgani yo'q. Xalqaro o'yinlar sabab yuzaga kelgan tanaffuslardan so'ng milliy chempionatlarda o'yin o'tkazish oson emas. Biz bugun yaxshi ishladik.

Penalti? Ozgina hayajonlandim. Chunki, "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda penaltidan unumli foydalana olmagandim. Ammo, bu safar men faqat va faqat yaxshi tepish haqida o'yladim", - dedi gabonlik hujumchi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: BBC