Obameyang Odil Ahmedov jamoadoshi bo'lishi mumkin
04 iyu 2019 18:46
Yangiliklar


Obameyang Odil Ahmedov jamoadoshi bo'lishi mumkin
"Arsenal" hujumchisi Per-Emerik Obameyang Xitoy klublari diqqat markazida.
Futbolchiga "Guanjou Evergrand" va "SHanxay SIPG" jamoalari qiziqish bildirmoqda. Xitoyliklar gabonlik forvard uchun haftasiga 300 ming funt atrofida to'lashga tayyorlar. 29 yoshli futbolchi "Arsenal"da haftasiga 190 ming funt maosh olyapti.
Obameyangning "kanonirlar" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yil iyunga qadar mo'ljallangan.
Yakunlangan mavsumda hujumchi 51ta o'yinda maydonga tushib, 31ta gol va 8ta assistga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar