Obameyang: "Bolaligimda futbolni yomon ko'rib qolgandim"
19 iyu 2019 23:42
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/502217_original.jpg)
![](/upload/storage/502217_220.jpg)
Obameyang: "Bolaligimda futbolni yomon ko'rib qolgandim"
"Arsenal" hujumchisi Per-Emerik Obameyang o'zining professional faoliyati haqida gapirdi.
"Katta bo'lganim sayin ko'plab sarguzashtlarni boshimdan o'tkazdim. Yoshligimda "Nicca", "Laval" va "Ruan" kabi jamoalarda o'ynaganman. Ko'plab jamoalarni o'zgartirganim bois, har doim yangicha sharoitlarga moslashishim kerak edi.
Tizzamda muammolarim bo'lgan. SHu boisdan tez yugura olmasdim. Keyinchalik futbolni yomon ko'rib qolganman. Vaqt o'tib, birorta jamoasiz qolib ketdim, ammo ijobiylikni saqlab qolishga intildim.
Nimagaligini bilmayman, ammo hayotimni tartibga keltirishim uchun ko'pgina mashg'ulot qilishim kerak edi. Oradan 6 oy o'tib, otam menga jamoaga ilinib olish imkoniyati borligini aytdi. "Bastiya"da shug'ullanishni boshladim. SHundan keyin haqiqiy professional faoliyatim boshlandi", - dedi Obameyang.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar