Obameyyang: "Borussiya" o'z o'yinidagi inqirozni engib o'tdi deb umid qilaman"
23 okt 2014 12:28
Yangiliklar


Obameyyang: "Borussiya" o'z o'yinidagi inqirozni engib o'tdi deb umid qilaman"
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Per-Emerik Obameyyang "Galatasaray"ga qarshi CHempionlar ligasi 3-tur uchrashuvidagi g'alabadan so'ng o'z hislarini berkitmadi.
Nemislar jamoasi 4:0 hisobida g'alaba qozondi.
"Men juda baxtliman. O'zim uchun noodatiy joyda o'ynadim, ammo u erda o'zimni yaxshi his qildim. O'yinimizdagi inqiroz ortda qoldi deb o'ylayman. Undan qutilish uchun barcha ishni qildik. Bunday o'yin namoyish etish biz uchun muhim edi" - deydi futbolchi.

Fikrlar