OAV diqqatiga: Tokio-2020 Olimpiadasi 2-saralash bosqichi uchun akkreditaciya jarayoni boshlandi
28 mar 2019 11:21
Yangiliklar


OAV diqqatiga: Tokio-2020 Olimpiadasi 2-saralash bosqichi uchun akkreditaciya jarayoni boshlandi
Toshkentda 1-9 aprel kunlari ayollar jamoalari o'rtasidagi Tokio-2020 Olimpiadasi 2-saralash bosqichidan o'rin olgan uchrashuvlar bo'lib o'tishidan xabaringiz bor.
SHu munosabat bilan O'zbekiston futbol associaciyasi mazkur saralash o'yinlari uchun jurnalistlarni akkreditaciyadan o'tkazish jarayoni boshlanganini malum qiladi.
Musobaqani stadiondan yoritib borish istagida bo'lgan jurnalistlar shu yilning 31 mart kuniga qadar info@ufa.uz elektron manziliga quyidagi malumotlarni jo'natishlari kerak:
*F.I.SH.
*Tashkilot nomi
*Akkreditaciya turi (PRE, PHOTO)
*Foto 3x4
*Telefon raqami
O’xshash yangiliklar

Fikrlar