OAV diqqatiga: O'zbekiston Kubogi finali oldidan matbuot anjumani o'tkaziladi

Narzulla Saydullayev
30 noya 2017, 17:50
Xabaringiz bor, 4 dekabr kuni soat 15:00da Bunyodkor stadionida O'zbekiston Kubogi final uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Finalda Toshkentning ikki jamoasi -“Bunyodkor” va “Lokomotiv” o'zaro kurash olib boradi.


Mana shu uchrashuv oldidan 3 dekabr yakshanba kuni “Bunyodkor” stadionining anjumanlar zalida har ikki jamoa bosh murabbiylari va yetakchi futbolchilari ishtirokida matbuot anjumani o'tkaziladi.


Soat 15:00da jurnalistlar savollariga “Bunyodkor” bosh murabbiyi va jamoa yetakchisi javob berishadi. Soat 15:30da esa “Lokomotiv” klubi bosh murabbiyi va jamoaning yetakchi futbolchisi matbuot anjumanida ishtirok etadi.

Matbuot anjumaniga jurnalistlar mavsum boshida PFL tomonidan taqdim qilingan akkreditatsiyalar orqali kirishlari mumkin.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com