So’nggi yangiliklar

19:212 карра Ўзбекистон чемпиони Боян Миладинович Сербия жамоаси мураббийига айланди  0 19:03Суперлига. "Навбаҳор" – "Бунёдкор" (матнли трансляция)  1 18:58FourFourTwo АПЛ тарихидаги энг кучли ҳимоячилар рўйхатини эълон қилди. Видич кучли бешликда йўқ  2 18:15Ўзбекистон футзал МТЖ Францияга ютқазди  5 17:54АПЛ тарихидаги энг яхши ҳужумчилар рўйхати эълон қилинди. Ҳоланд ва Кейн топ-10 таликдан жой олди  3 17:23Хитой футбол ассоциацияси собиқ вице-президенти 11 йиллик қамоқ жазосига ҳукм қилинди  6 16:55"Ал Насср" Роналдунинг ёнига Мессини олиб келса ҳам, "Ал Ҳилол"ни енга олмайди"  19 16:34FourFourTwo портали АПЛ тарихидаги энг яхши дарвозабон номини эълон қилди, бу Шмейхель эмас  4 16:12Манба: Эмери Феликсга ҳар куни қўнғироқ қилмоқда  2 15:50Перуда ғалати ҳодиса: футболчи ўйин пайтида қовуғини бўшатди  5 15:28Клопп қайтмоқда!  5 15:07Холанд: "Қизиқчи йигит"  1 14:53Сунъий интеллект АПЛнинг барча даврлар рамзий термасини тузди  20 14:32"Навбаҳор" – "Бунёдкор" учрашувини ким шарҳлаб боради?  8 14:15"Майдонга туш азартда, кўзинг қизил ғазабда!"  2

O, TEMPORA, O MORES! O, turfa zamonlar, o, turfa odamlar! Yangiliklar

O, TEMPORA, O MORES! O, turfa zamonlar, o, turfa odamlar!

Evro-2016ning muhim kashfiyotlaridan biri - Renatu Sanshesh Uels terma jamoasiga qarshi kechgan yarim final uchrashuviga puxta hozirlik ko'rish imkoniyatidan mahrum etildi.

Gap shundaki, portugaliyalik noyob iqtidor sohibi o'zining yoshiga oid ayblovlarga javob berish bilan ovora bo'ldi. Emishki, Renatu hujjatlarda qayd etilgan sanadan ko'ra, ancha barvaqt dunyoga kelgan...

Ha, Renatu Sansheshga navqironligi, tengsiz iqtidor sohibi va qora tanli ekanligi juda qimmatga tushdi. U o'zining avvalgi bir qator iqtidorli kasbdoshlari kabi hasadgo'y dushmanlarning o'rinsiz tanqidlariga duch keldi. Bularning barchasi zamirida irqchilik illati yotibdi. 18 yoshli yarim himoyachi Franciyadagi qita birinchiligida musobaqaning yorqin yulduzlaridan biriga aylandi. Uning jamoadoshi Krishtianu Ronaldu bundan 12 yil avval xuddi shunday porlagandi. Lekin Sansheshdan farqli o'laroq, Krish qora tanli emas. SHo'rlik Renatu esa hayotidagi ilk jiddiy sinov - Uels termasiga qarshi bahsga tayyorgarlik ko'rish o'rniga tug'ilgan kuni bilan bog'liq qalbaki va noxush mojaro girdobiga tortildi. Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush bu borada qatiy fikr bildirdi: Sanshesh Portugaliyada dunyoga kelgan. Hisob-kitobining tayini bo'lmagan qandaydir ovloq o'lkada emas, aynan Portugaliyada. U 18 yoshda, men 61da. Bunga hech qanday shubha yo'q. Men 61 yil avval tug'ilganim bois, 61 yoshni qarshiladim. U esa 18 yil avval dunyoga kelgan, demak, yoshi 18da. O'ta noqulay vaqtda yuzaga kelgan mojaroning asosiy sababchisi Sporting prezidenti Brunu de Karvalyudir. U 20 mart kuni Feysbukda elon qilingan katta maqolasida  Sansheshning yoshini shubha ostiga qo'ygandi: 1997 yil - tosh davri emas. Ilm-fan va texnika taraqqiy etgan zamon. Agarda Amareda-Sintra gospitalidagi mutasaddilar Sansheshning tug'ilganligi to'g'risidagi guvohnomada qandaydir xatolikka yo'l qo'ygan bo'lsalar, bu shubha uni butun umri davomida taqib etadi.

SHundan so'ng Jornal de Noticias nashri masalaga oydinlik kiritishga urindi. Gap shundaki, Renatu dunyoga kelganidan keyin bir necha oy o'tgach, uning otasi onasi bilan ajrashib, Franciyaga ketib qolgandi. Natijada bolakayning tug'ilganligi 2002 yilda, otasi Portugaliyaga qaytib kelganidan keyin tegishli mahkamalarda qayd etildi. Futbolchining o'zi mazmunan irqchilikning badbo'y hidi anqib turgan ayblovlarga javob berishni istamadi.

Karvalyuning etirofi ichki chempionlik uchun murosasiz kurash olib borayotgan Benfika va Sporting o'rtasiga qo'yilgan zimdan harakatlanayotgan bomba vazifasini o'tadi. Ammo bu yashirin qurolning samarasi sezilarli bo'lmadi - burgutlar yakunda Sportingdan 2 ochko o'zib ketishdi. Renatu esa Evropaning noyob javohiri sifatida 35 mln. evro evaziga Bavariyaga o'tib ketdi. Biroq noxush mojaro shu bilan nihoyasiga etgani yo'q. Record nashrining malumotiga ko'ra, yarim himoyachi Sporting prezidentidan rasman uzr so'rashni talab qilmoqda. Aks holda, Karvalyuning sud oldida javob berishiga to'g'ri keladi. Karvalyu jiddiy muammolarga duch kelishi mumkin. CHunki uning fikr-mulohazalari Sansheshning nufuziga putur etkazdi. Renatuning yoshini inobatga olsak, bu - o'ta jiddiy ayblov - dedi portugaliyalik huquqshunos Joau Manteygash.



Yaqinda esa Oserning taniqli sobiq murabbiyi Gi Ru tomonidan Ruminiya matbuotiga bildirilgan fikr jahon OAV etiborini tortdi: Sanshesh 18 yoshda ekanligini takidlashmoqda. Ammo men bunga ishonmayman. Biz uning o'tmishini sinchiklab o'rganishimiz lozim. Renatuning tug'ilgan sanasi bir necha yillardan keyin qayd etilgan. Demak, uning aniqligiga kafolat yo'q. Ishonchim komilki, uning yoshi 23 yoki 24da.

Tabiiyki, bu kabi mashmashalar Renatuga yoqmaydi. Boz ustiga, u el og'zida doston bo'lish uchun hech narsa qilgan emas: Men va Benfikaga nisbatan juda ko'pchilik hurmatsizlik qildi. Umumiy fikrga ko'ra, yoshim 18da emas, 22 yoki 23da emish. Men Portugaliyada tug'ilib, shu erda ulg'aydim. 10 yildan beri Benfikadaman. SHunday ekan, qanday qilib 25 yosh bo'lib qoldim?

Muammo negizida irqchilikning jiddiy ko'rinishlaridan biri bo'lgan qora tanli o'yinchilar yoshiga nisbatan shubha bilan qarash yotibdi. O'tmishda bu kabi ko'rguliklar bir necha marta takroranib, Afrikaning yoshlar jamoalari katta yoshli futbolchilarni maydonga tushirganliklari uchun tegishli jazo ham  olishgan. Masalan, 1989 yilda U-15 toifasidagi Nigeriya terma jamoasida 24 yoshli futbolchi maydonga tushganligi aniqlangan. 2010 yili esa Senegal U-17 jamoasi tarkibida 3 nafar katta yoshli o'yinchi borligi oshkor bo'lgandi.

Darvoqe, mish-mishlar va asossiz ayblovlarga qarshi Renatu Sanshesh tug'ilgan tug'ruqxona mamuriyati uning yoshini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etdi.  Xullas, Hospital Amadora-Sintra tug'ruqxonasi keltirayotgan hujjatga ko'ra, Sanshesh, haqiqatan ham, 1997 yilning 18 avgustida tug'ilgan. Faqatgina Sansheshning ota-onasi ajrashishgach, futbolchining tug'ilgan sanasi  2002 yilga kelib ro'yxatdan o'tkazilgan.

Afsuski, ko'pchilik muxlislar qaysidir futbolchi haqidagi mish-mishlarni og'iz ko'pirtirib muhokama qiladilaru, ammo oqibatini o'ylab ko'rmaydilar. Xayriyatki, muxlisu-mutaxassislar orasida sog'lom fikrlaydiganlar ham etarlicha topiladi. Deylik, Uels terma jamoasi bosh murabbiyi Kris Koulmenga Sansheshning 18 yoshda ekanligi haqida savol berilganida, u mojaroni bemani shov-shuvdan o'zga narsa emasligini takidladi: Sanshesh - yuksak saviyali futbolchi. Uni Benfikaning turli yosh toifalaridagi jamoalarida to'p surishini bir necha yillardan beri kuzataman. Yosh iqtidor sohibi professional futbolda ham o'z o'rnini topa olishiga oldindan kafolat berish qiyin - kimdir bu mashaqqatli yo'ldan muvaffaqiyatli o'tadi, boshqa birov esa ilojsizlikdan o'zga sohaga bosh suqadi. Renatu - chindan ham, hayratlanarli futbolchi!

Ha, uelslik mutaxassis adolatli va samimiy fikrlari bilan boshqalarga ibrat ko'rsatdi. Renatuga bildirilayotgan ayblov hattoki, muhokama qilishga ham arzimaydi. O'zini ziyoli hisoblaydigan har bir jurnalist, muxlis yoki mutaxassis, umuman, futbol jamoatchiligi bu ayblov ortida hasaddan boshqa hech narsa yo'qligini tushunib etmog'i lozim. Bu boradagi bahs-munozaralar gulxanga moy vazifasini o'taydi. Aslida esa, keraksiz gulxanni o'chirish, mojaroga chek qo'yish kerak. Qancha tez bo'lsa, shuncha yaxshi! Nafaqat, Renatu Sanshesh, balki barcha qora tanli noyob iqtidor sohiblarining shani, kelajagi uchun.

Football.ua - S.RAHMONOV tayyorladi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика