"Nyukasl" va "Vest Xem" "Lion" futbolchisi uchun kurashmoqda
24 avg 2021 13:07
Yangiliklar
"Nyukasl" va "Vest Xem" "Lion" futbolchisi uchun kurashmoqda
"Lion" himoyachisi Maksvel Korne faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.
24 yoshli ivuarlik futbolchi uchun "Nyukasl" va "Vest Xem" davogarlik qilmoqda. O'yinchiga shuningdek "Byornli" ham qiziqmoqda.
Korne o'tgan mavsum "Lion" tarkibida 39ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 6ta assist qayd etdi.
Transfermarkt portali o'yinchini 12 million evroga baholamoqda.
Fikrlar