"Nyukasl" futbolchisi o'yindan keyin muxlisiga soatini sovg'a qildi
08 avg 2022 21:32
Yangiliklar


"Nyukasl" futbolchisi o'yindan keyin muxlisiga soatini sovg'a qildi
Angliyaning "Nyukasl" klubi mamlakat chempionatining yangi mavsumini ijobiy tarzda boshladi.
Eddi Xou shogirdlari o'z maydonida "Nottingem Forest"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Klubning franciyalik futbolchisi Allan Sen-Maksimin o'yindan so'ng muxlislardan biriga G-Shock Rolex brendli soatini sovg'a qildi.
"Nyukasl" muxlisi Sen-Maksiminning saxiyligidan hayratda qoldi. U forvardga qo'l berib, o'z minnatdorchiligini bildirdi.
Eslatib o'tamiz, "Nyukasl" 13 avgust, shanba kuni Premer-ligadagi navbatdagi o'yinini o'tkazadi. Unda Eddi Xou shogirdlari mehmonda "Brayton"ga qarshi maydonga tushadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar