"Nyukasl" 37 million evroga himoyachi sotib oldi
09 avg 2023 01:31
Yangiliklar
"Nyukasl" 37 million evroga himoyachi sotib oldi
"Sautgempton" qanot himoyachisi Valentino Livramento "Nyukasl"ga o'tdi, bu haqda "oq-qoralar" rasmiy sayti xabar berdi.
Tomonlar o'rtasidagi mehnat shartnomasi muddati 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. 20 yoshli futbolchining transferi uchun "oq-qoralar" 37,2 million evro to'laydi.
Livramento Londonning "CHelsi" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Valentino o'tgan mavsum "Sautgempton" bilan CHempionshipga tushib ketgan edi.
"Nyukasl" o'tgan mavsum APLda to'rtinchi o'rinni egalladi. Jamoa uzoq tanaffusdan so'ng CHempionlar ligasiga yo'l oldi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar