So’nggi yangiliklar

10:14"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Каримжонов Искандар  0 10:08Рэтклифф нима сабабдан тен Хагни ишдан олмаганини тушунтириб берди  2 09:37"Барселона"нинг бир йўлла икки нафар етакчиси кечаги учрашувда жароҳат олди  2 09:20Гампер Кубоги. "Барселона" - "Монако" 0:3, "Барса" ҳимоячиларининг хатоси "Монако"нинг иштахасини очиб юборди  3 09:05"Челси" 10 нафар футболчисини сотувга қўйди  2 08:40Туркия чемпионати. "Ризеспор" - "Истанбул Башакшехир" 1:1, Алиқулов ўз услубида жамоани қутқариб қолди   1 08:32"Барселона" тақдирга тан берди. Каталонияликар Уильямснинг ўрнига уч нафар футболчидан бирини сотиб олмоқчи  2 08:00Sofascore. Жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолган Алиқулов кечаги учрашувда нечи баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:28Винисиусни қўлга киритиш учун саудияликлар "Реал"га дахшатли таклиф юборишга тайёр  9 01:27Туркия. Ҳусниддин Алиқулов гол уриб, жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолди  6 01:15"Барселона" Гампер Кубогида йирик мағлубиятга учради  9 00:33"Ланс" ҳимоячисига "Ювентус" ва "Аталанта" қизиқиш билдирмоқда  1 23:55Миржалол Қосимов: "Натижадан қониқдим, аммо жамоам намойиш этган ўйин мени ҳурсанд қилмади. Очколарни кузда санаймиз"  17 23:52Жамшид Саидов: "Биргина хато қимматга тушди"   5 23:09Февзи Давлетов: "Биринчи бўлимда устунликка эришган бўлсак ҳам, тўп рақиб дарвозасига кирмади"   3

"Nyukasl" 1 – 0 "Liverpul". "Qizillar"da navbatdagi mag'lubiyat Yangiliklar

"Nyukasl" 1 – 0 "Liverpul". "Qizillar"da navbatdagi mag'lubiyat

Angliya premer ligasining 10-turidan o'rin olgan "Nyukasl" - "Liverpul" uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.

                                  MATNLI TRANSLYACIYA
                                             YANGILASH




90+3. O'yin tugadi. Barcha "Nyukasl" muxlislarini g'alaba bilan tabriklaymiz.

90+2. "Liverpul" himoyada tartibli harakat qildi.

90+1. Muxlislar g'alabani bayram qilishni boshlab yuborishdi.

90+3. Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shib berildi.

89. Kabelya burchak yonida o'yin cho'zyapti.

88. Mezbonlar "qizillar" jarima maydonchasi yonida standart ishlab olishdi.

86. Sterling hozircha maydonda o'zini ko'rsata olgani yo'q. 

86. Agar bugun "Nyukasl" g'alaba qozonsa, Premer-ligadagi navbatdagi sensaciya amalga oshadi.

85. Sissoko o'yinni cho'zishga harakat qilyapti.

83. Balotelli raqib jarima maydonchasida bor-yo'g'i bir marta to'pga tekkan ekan. Olg'a "Supermario"!!!!

82. "Liverpul" raqib himoyasidagi tirqishni qidiryapti.

81. O'yin qahramoni kim bo'ladi? Minole yoki Ayoze?

80. Minole yana bir bor jamoasini qutqarib qoldi.

79. Qarshi hujumda mezbonlar raqibni yana bir bor hafa qilishga harakat qildi. Ammo so'nggi zarba noaniq.

78. Sariq kartochka. Kolbek.

78. Mehmonlar hujumni kuchaytirishga urinishmoqda, ammo himoya esdan chiqib qolyapti.

77. Ana endi daxshatli hujumlarni ko'rishimiz mumkin.

76. Minole birga-bir vaziyatda qahramonlik ko'rsatdi.

74. Moreno jarima maydonachasidagi to'pni qaytarishga urinayotganda, Ayoze epchillik qilib darvozaga zarba berdi. 

73. GOOOOOOOOLLLLLLL!!!!!! 


71. Sariq kartochka. Xenderson.

70. Borinining ilk zarbasi noaniq ketdi.

69. Uchrashuv tempi sekinlik bilan tezlashib bormoqda.

65. O'zgarish. Ameobi maydonni tark etdi, uning o'rniga zaxiradan Kabelya o'yinga qo'shildi.

65.O'zgarish. Allen o'rniga Fabio Borini maydonga tushdi.

64. O'yin biroz jonlangandek. Gol ko'ramizmi yo'qmi?

61. Sariq kartochka. Yanmat Balotellini uchirib yubordi.

59. "O'rish" bayrami boshlandi. "Nyukasl" futbolchilari raqiblarning barchasiga qo'pol o'yin namoyish qilmoqda.

56. ZARBAAAAAAAAAA!!! Koutino boshi bilan bergan zarbasini Tim Krul qaytarib qoldi.

55. Yana markazda Sterlingni yiqitishdi.

54. Balotellining ilk o'yin vaqtidagi zarbasi darvozabon qo'llarida qoldi.

52. Maydon markazida Kolbek Sterlingga qo'pollik qildi.

51. Hozircha "Supermario"ning superligini "bir tomchi" ham ko'rganimiz yo'q.

50. Kollochini himoyada tartibli o'ynayapti.

49. Balotelli amalga oshirgan jarima zarbasini darvozabon Krul egallab oldi.

48. Sariq kartochka. Sissoko Allenni yiqitgani uchun kartochka oldi.

47. Mehmonlar himoyachisi to'pni oldirib qo'ydi, ammo "xakkalar" imkoniyatdan foydalana olishmadi.

46. "Qizillar" ikkinchi 45 daqiqalikning ilk hujumini boshlashga urinib ko'rishmoqchi.

45. Ikkinchi bo'lim o'zgarish bilan boshlandi. Ayoze Papis Sissening o'ringa maydonga tushdi.

- O'yinga oid xabarlar. Bir necha kun oldin "Liverpul" sardori Stiven Jerrad jamoadan ketish haqida o'ylayotganini aytgandi. Ammo biroz oldin saytimizda "qizillar" rahbariyati yarim himoyachi bilan shartnomani uzaytirish mumkinligi haqida malumot chiqdi.


                                         Tanaffus


45+2. Qo'shib berilgan vaqt ham o'z nihoyasiga etdi. Tanaffus qilamiz.

45+2. Uchrashuvga 2 daqiqa qo'shib berildi.+2

45+. Sissening zarbasi noaniq.

45. CHizilgan sprey sariq kartochkadan so'ng yo'qolib qoldi.

44. Sariq kartochka. Teylor yana darvozabonga halaqit qilgani uchun sariq kartochka oldi.

44. Sariq kartochka. SHkrtel."Liverpul" jarima maydonchasining yonginasida qo'pollik.

42. Jamoalar hujumga o'tishni xuddi istamayotgandek harakat qilishmoqda.

39. Balotelli umuman maydonda ko'rinayotgani yo'q.

38. SHkrtel jamoasining standartini golga aylantirishi mumkin edi. Biroz noaniq.

37. Navbatdagi burchak to'pini "xakkalar" Minolega sovg'a qilishdi.

36.Burchak zarbasini "Nyukasl" amalga oshiridi. Golni himoyachi yo'qqa aylantirdi.

35. Burchak zarbasidan qaytgan to'pni, Ameobi osmonlarga uchirib yubordi.

34. Standartdan standartga. To'p jonli devorga tegdi, burchak to'pi.

34. Teylor darvozabonga jonli devor qurishga halaqit qilyapti.

33. Yana Aaronsga qarshi fol va yana standart.

31. O'yin tempi juda sust.

30. Obertan mahsus "arava"da stadionni tark etdi. Uning jarohati jiddiyga o'xshaydi.

28. Martins Indining ko'zlari Ameobida ham bor ekan.

27. Qoidabuzarlik. "Qizillar" jarima maydonchasining o'ng tarafida Glen Jonson Aaronsni to'xtabi qoldi. Satndart omadsiz amalga oshirildi.

26. O'zgarish. Aarons jarohat olgan Obertan o'rniga maydonga tushdi.

23. Demak "Nyukasl" futbolchisi o'yinni davom ettira olmaydi va uni o'zgartirish kerak.

22. Obertan mushagini cho'zib oldi shekilli.

21. Standart foydasiz yakunlandi.

20.Burchak to'pi. "Nyukasl" foydasiga.

19. To'pga egalik qilish. Mezbonlar 37% - 63 mehmonlar.

18. Muxlislar naqd bir daqiqa qarsak chalib ikki ishqibozning xotirasini yodga olishdi.

17. "Nyukasl" liga Kubogida "Manchester Siti"ni katta kuch evaziga mag'lub qildi. "Liverpul" esa "Suonsi" ustidan g'alaba qozonib keyingi bosqichga yo'l oldi.

15.Ikkala jamoada ham charchoq alomatlari bilinib turibdi. Bunga sabab bu ikki jamoa ham Angliya liga Kubogida ishtirok etishdi.

14. Noaniq harakat va to'poshirishlar.

13. Hozircha maydonda hech kim ajralib turgani yo'q.

11. "Qizillar" hujumga o'tishga urinishmoqda, ammo mezbonlar himoyada tartibli harakat qilishyapti.

8. Hakam Sissokoning jarima maydonchasida yiqilganiga ishonmadi.

7. Balotelli orqaroqda ham o'ynashni o'rganyapti shekilli. Bu uning uchun faqat ijobiy holat bo'lish mumkin.

6. To'p bilan egalik qilish navbati endi mezbonlarda.

6. Alan Pardyu ko'rsatmalar berishni boshlab yubordi.

5.Yana aut, "Nyukasl" foydasiga.

4. Bugun hujumlarga boy futbol ko'rishimiz aniq.


3. Kollochini mehmonlarning hujumini yo'qqa chiqardi.

3. Sissening ilk zarbasi va burchak to'pi.

2. SHkrtel Ameobiga imkoniyat bermadi. "Liverpul" jarima maydonchasi yonida mezbonlar hujum tashkil qilishga urinib ko'rishmoqda.

1. "Liverpul" futbolchilari hujumni asta-sekinlik bilan boshlashga harakat qilishmoqda.

0. Balotelli bugun o'zinig Premer-ligadagi birinchi golini ura olarmikin?

0. O'yinni "qizillar" boshlab berdi.

-Xushtak chalindi.

-1 daqiqa jimlik saqlaymiz. Turli jahon urushlarida xalok bo'lganlar uchun.

-Ikkala klub ham o'zlarining ananaviy formalarida.
"Nyukasl" oq-qorada, "Liverpul" qizilda.

-Jamoalar "Sent-Jeyms Park"ka chiqib kelishdi.

-Bugungi o'yinni sizlar bilan "Championat.asia"ning O'zbek niki ostidagi hodimi kuzatib boradi.

-Jamoalar maydonga chiqish yo'liga asta-sekinlik bilan kirib kelishmoqda.

-"Hello lady and gentelmans" deya bugungi matnli translyatsiyamizni boshlaymiz.

Nyukasl 1  – 0 Liverpul
1 noyabr, 17.45, Sent-Jeyms Park 
Gol: Ayoze 73.

Ogohlantirishlar: Teylor 44, SHkrtel 44, Sissoko 47.
Nyukasl – Krul, Dammett, Yanmat, Kolochchini, S. Teylor, Sissoko, Kolbek, Sem Ameobi, Abed, Obertan (Aaron 26), Sisse (Ayoze 45).
Liverpul – Minole, Lovren, A.Moreno, SHkrtel, Jonson, Koutino, Xenderson, Sterling, Allen, Jerrard, Balotelli.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика