So’nggi yangiliklar

14:18Англия терма жамоаси собиқ сардори маст ҳолда машина ҳайдаганликда айбланиб ҳибсга олинди  0 13:50Абрахам "Рома"дан "Бешиктош"га ўтади  0 13:25Факт: "Бунёдкор" 4 йилдан сўнг Тошкентда "Сўғдиёна"ни ютди   1 12:34Зоран Марушич "Динамо" билан ўйинда майдонга тушадими?  1 12:04Носир Абдусаломов: "0:2 ҳисобидаги мағлубиятдан чиқиб кетиш катта куч талаб қилар эди, голимни бобомга бағишладим"  2 11:44Марио Балотелли Париж мода ҳафталигида модел сифатида подиумга чиқди  6 11:18"Насаф" U-14 Португалиядаги мусобақада қатнашади  9 10:53Криштиану Роналду фаолиятини якунлаганидан кейин мураббий бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди  3 10:25Котрина Кулбите: "Мақсадимиз - Осиё Кубоги"  1 09:55Нилуфар Қудратова: "Ўйин биз истагандек бўлди"  0 09:28“Ал Насср“нинг ёзги биринчи рақамли трансфер мақсади маълум  3 09:01“Барселона“ ҳимоячиси жамоани тарк этиш ниятида эмаслигини маълум қилди  1 08:31“Сурхон“ дарвозабони иккинчи даврани Суперлиганинг ТОП клубида бошлаши мумкин  1 08:03Клублар ўртасидаги ЖЧни тарк этган Месси нималар деди?  16 07:35Суперлига. Бугун 14-тур якунланади  7

N.YU: Ustozdan "Paxtakor"-79 xotirasiga bag'ishlangan yangi kitob Yangiliklar

N.YU: Ustozdan "Paxtakor"-79 xotirasiga bag'ishlangan yangi kitob

Taniqli ustoz jurnalist, Mavlon SHukurzoda "Paxtakor" jamoasining 1979 yilda aviahalokatga uchragan azolariga bag'ishlangan kitobini chiqardi.
Halok bo'lgan ko'plab futbolchilar bilan tengdosh bo'lgan Mavlon SHukurzoda o'zining do'stlari haqida yozganlarini "Eslaymiz, qadrlaymiz, faxrlanamiz" deb atadi.

35 yillik tarixga ega bu fojeani har yili afsus bilan eslaymiz. SHu kunga qadar necha-necha maqola-yu, hikoyalar chiqmadi deysiz. Mavlon SHukurzoda esa ularnin barchasini birlashtirgan holda halok bo'lganlar oilasi bilan yana bir marotaba birma-bir tanishib, o'z axborotlarini yanada ko'paytirib oldi.




  • Yangi kitob mana shunday ko'rinishga ega

Muallif o'z kitobida halok bo'lgan barcha qahramonlarni eslab o'tar ekan, ularni "Paxtakor"ga qanday kirib kelgani-yu, muxlislar qalbini qanday rom etganligiga alohida to'xtalib o'tgan. Qanchadan qancha futbolchilarimizning orzulari sarobga aylangan. O'quvchi, faqatgina ota-bobosidan eshitganlarini endi o'zi mutolaa qilishi, ularning oilasi tomonidan aytilgan gaplarni o'qishi mumkin.

Kitob juda ham katta axborotlarga boy bo'lib, halokatning xronologiyasi ham berilgan. Jurnalistik surishtiruv o'tkazilgan. Undan tashqari o'sha paytlarda Ukraina, Rossiya va O'zbekistonda yozilgan maqolalar tahlil qilingan.

O'sha "Paxtakor" haqida ortiqcha gapirib o'tirmasak ham hamma biladi. Top klublarni dodini bergan jamoamiz 1979 yilda juda katta salohiyatga ega edi.





CHapdan birinchi Sergey Arxipov (fotomuxbir) Geniy Tulegenov (sportinfo.kz sayti rahbari) va Mavlon aka SHukurzoda bilan.

Bugungi futbol va futbolchilar haqida yozganlarim ko'pchilik o'quvchilarga maqul keladi. Sababi ularning ichida yuraman. Ammo tarix haqida yozishga botina olmayman. To'plagan axborotlarim, maqolamni tabiiy chiqishiga kamlik qiladi. Sababi men u futbolchilarni ko'rmaganman. Mavlon aka esa ular bilan yonma-yon turgan va ular haqida aytadigan har bir gapi qimmatlidir. Bu kishi bilan tanishganimga ko'p bo'lmagan bo'lsa-da, u insonni o'zimga ustoz deb bilganimga ancha bo'ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda yozganlarini o'qib kishi mazza qiladi. Xuddiki "Paxtakor"ning o'sha davriga tushib qolgandek bo'lasan.

Bugun "Paxtakor"-79 jamoasini xotirlash marosimi bo'lib o'tdi. Mavlon aka bilan ko'rishar ekanman, ularning yuzlarida tabassum ko'rdim. Boisi u kishi do'stlari haqida yozishni boshlagan kitobni nihoyat tugatgan va uni bosish uchun tayyor holatga keltirib bo'lgan ekanlar. Buning uchun ular yana bir ustozimiz Vladimir Safarovga ham minnatdorchilik bildirdilar. Bu kishining ham futbolimiz jurnalistikasida tutgan o'rni katta. Undan tashqari Qozog'istondan, men ijodi bilan doimo qiziqadiganim Geniy Tulyagenov tashrif buyurdi. Har safar JCH va Evropa chempionatida ishtirok etib qaytar ekan, ko'rganlarini kitob holatida bosib chiqaradi. So'nggi marotaba "Paxtakor"-79ni 2009 yilda o'tkazgan xotirasida ishtirok etgan mutaxassis bu safar hamkasbimiz, yana bir ustozimiz fotomuxbir Sergey Arxipov bilan Toshkentga tashrif buyurgan ekan.



Geniy Tulegenov o'zining navbatdagi kitobini menga sovg'a qilyapti

Krasnickiy bilan ham juda yaqin bo'lgan Mavlon aka SHukurzodaning yangi chiqayotgan kitobini o'qishni hammaga maslahat bergan bo'lardim. Bizga ham ustozlarning yo'lini bersin deymiz!

Quyidagi manba orqali esa "Paxtakor"-79 xotirasiga bag'ishlangan radio ocherkni tinglashingiz mumkin: "PAXTAKOR"-79

Nodirxo'ja Yuldashev.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика