N.YU: Farhod-akaaaaaaaaaaaaaaaa....
08 mar 2014 15:26
Yangiliklar

N.YU: Farhod-akaaaaaaaaaaaaaaaa....
Ochig'i, bu maqolani yozish niyatim yo'q edi. Mayli, o'tdi-ketdi deb qo'ydim. Bir amallab Superkubokni tashkil qilib oldik-ku, deb o'zimni ovutdim. Lekin...
Lekini shundaki, Ukraina futbolini yoritish borasida birinchi raqamli sayt hisoblangan "football.ua", kecha materiallarimizdan foydalanib, O'zbekiston Superkubogida ishtirok etgan o'z futbolchilarini yoritgan. Demak, bizni kuzatishyapti, o'qishyapti. Onangni otangga pardozsiz ko'rsatma, deb bejizga aytishmagan. Lekin Superkubok tashkilotchiligi PFL Kubogidan jilla qursa farq qilmadi. Balki, farqi bordir, ammo men buni ko'rmadim. Demak:
MADE IN CHINA
Bu gap kubokka tegishli. Bejizga matbuot anjumanida saytimiz muxbiri Xayrulla Holiqov kubok haqida savol bermadi. Kubok bu mamlakatning yuzi. O'zbekiston Kubogi uchun atalgan, tilla suvi yugirtirilgan kubok 2001 yili maxsus buyurtma bilan Germaniyadan keltirilgan. Mana bir necha yildirki, u ko'zimizga shu qadar o'rganib qoldiki, kubok deganda, hammamizning ko'z oldimizda haqiqiy kubok namoyon bo'ladi. Xuddi Germaniyadagi sopol kabi.
PFL Kubogi finalida o'ynalgan kubokdan sal dizayni o'zgartirib ishlangan. Buni qarangki, sopol buyumning qulog'i Superkubokda ham sinib ketdi. PFL Kubogi ham echinish xonasidan sog' chiqmagan edi. Superkubok esa echinish xonasiga kirishga ulgurmadi. Bunday kuboklarni tayyorlash uchun qaerga buyurtma berishadi, hayronman. Bitta yaxshi kubokni olib, yillar davomida aylantirsa bo'ladi-ku! Ikki yil davomida O'zbekiston chempioni qo'lga kiritayotgan kubok ham aslida boshqa niyatda olingan. 2012 yilga qadar "Bunyodkor" chempionlikni boy bermay keldi. Bayram bayramdek o'tsin, qabilida ish tutgan qaldirg'ochlar 4 yil Ispaniyadan turli-tuman kuboklarni buyurtma qilib, o'zlariga-o'zlari topshirdilar. 2012 yil hech kim "Paxtakor" chempion bo'ladi, deb o'ylamadi. Aksiga olib, "Paxtakor"da u paytlarda ortiqcha kubok yo'q. SHunda PFLga qo'ng'iroq bo'ldi va ularda bitta ortiqcha kubok borligi malum bo'ldi. SHu tariqa, kubok tantanali tarzda topshirildi. 2013 yil esa, "Bunyodkor" "Paxtakor"dan kubokni olib qo'ydi. Vaholanki, shu kungacha topshirialdigan kuboklar g'olib jamoada qolib kelayotgan edi.
BU SUPERKUBOKMI YOKI O'RTOQLIK O'YINI?
O'yin oldidan Superkubok mukofot jamg'armasi 50 000 000 so'm ekanligini bildik. Yomon summa emas, katta desa ham bo'ladi. Ammo bu pulga "Bunyodkor" ham, "Lokomotiv" qarab qolmagan. SHu pulga Superkubokni dodaxo'ja qilib tashkil qilsa bo'lmasmidi, deb o'ylab qolaman. Saytimiz 3 yoshga to'lganini eslaysizmi? Bir hafta avval boshladik, "SA" 3 yoshga to'ladi, faloncha qoldi, pismadoncha qoldi. O'yinga qadar muxlisu mutaxassislar fikrini, turli reklamalar berib bordik. Buning natijasida tanish-bilish qilib, arang 100 000 so'mga gaplashgan maydonimizga muxlislarni jalb qildik. Ikki yuzga yaqin muxlis, 20 nafar futbolchi keldi. Yomg'ir sharros quyishiga qaramay, yomon futbol bo'lmadi. Targ'ibotda gap juda katta. SHuning uchun ham, bu misolni keltirdim. PFL vakkillari uchun Superkubok oddiy o'yin sifatida o'tdi, ketdi. Tashkiliy guruh tuzilib, xodimlar o'yinga bir oy tugul, 2 kun ham tayyorgarlik ko'rishmadi. Yangi mavsum boshlanyapti, muxlislarni stadionga jalb qilish kerak. O'ylayapsiz, kecha stadionga kelgan muxlis reklama orqali bildi, deb? 70 foiz muxlis Abramovni qaytganini ko'raman, deb keldi. Poytaxt ko'chalarini ko'rsangiz, shahar qo'shiqchilarni plakatlari bilan to'lib yotibdi. Maqsad bitta koncertimga muxlis kelsin, deydi. Nega futbolimizning reklamasi yo'q? Aslida bu mablag' ham talab qilmaydi. TVga xat yoziladi, shu kuni o'yin bo'ladi, qo'llab yuboringlar mazmunida. Kamida 10 kun reklama bering. O'zbeknavoga xat bilan chiqilsa, bu tashkilot ham el suygan sanatkorlarni qizg'anmaydi. SHahar ko'chalariga sog'lom turmush tarzini targ'ib qiluvchi ijtimoiy reklamalarni joylashtirish bepul. Hurmatli Yurtboshimizning O'zbekistonda futbolni yanada rivojlantirish maqsadida bir nechta Farmon va Qarorlari elon qilingan bir paytda, birinchi raqamli sport turiga bu tarzda befarq bo'lish yaxshi emas.
Yuqorida izohini keltirgan Superkubokni topshirish marosimi ham juda oddiy bo'ldi. Sahna ham o'rnatilmadi. Mushakbozlik haqida aytmasa ham bo'laveradi. Uchrashuvga suhandon ham aytishmagan. Natijada, "Lokomotiv" matbuot kotibi Otabek Eshmamatov suhandonlik qildi. Hisob 2:0ga etganidan so'ng, ovozlari ham zo'rg'a chiqdi. Superkubok uchun scenariy yo'q. MTRK saytida o'yin butun dunyoga namoyish etildi. Tasavvur qiling, ispaniyalik Koto "Barselona"dagi do'stlariga sayt manzilini berib, meni tomosha qilinglar, degan.
PFLda o'yinni shou qilib yuboradigan odam yo'q. Agar bo'lsa ayting. Ilk marotaba Superkubokni qo'lga kiritgan futbolchilarni yig'ib turib, sahnaga taklif qilish va muxlislar uchun qiziqarli o'yinlarni o'tkazsa, ming marotaba yaxshi emasmidi? Jaranglashini qarang Superkubok. Lekin Xayrulla Karimov uni qo'lga kiritar ekan, ortiqcha xissiyotga ham berilmadi. CHunki, PFL Superkubok qiymatini targ'ibot orqali ko'tara olmadi.
BANNERLARGA KIM JAVOB BERADI?
Jar stadioniga uchta banner qo'yishdi. Biri, ikki oydan beri ishlamayotgan O'FFning rasmiy veb sayti "the-uff.com", ikkinchisi ikki cheti O'zbekiston Kubogi bilan bezatilgan "O'zbekiston super kubogi-2014" yozuvi. Bu erda "O'" harfi qo'pol tarzda buzib yozilgan. Ammo bunga ko'nikib ketdik. Saytingizda xatolar to'lib yotibdi deyishga shoshilmang. TV va internet orqali stadiondagi bu bannerni millionlab odamlar ko'rishadi. Millionlar bilan minglarni farqi katta. Keyin yana "O'" harfi buzib yuborilgan "O'zbekiston professional football ligasi". Bu erda gap o'zbek tilida boshlanib, ingliz tilida (football) davom etib, yana o'zbekchalashib ketgan. Balki, to'g'risi ham shundaydir, deb o'ylab qoldim. Ammo bannerdagi PFL logosini ko'rib, men emas, ular xato qilishganligiga amin bo'ldim. Bundan ham hafa bo'lmasak bo'ladi, PFLda o'zi musobaqalar o'tkazish bo'limida bironta xodim o'zbek tilida ravon gapira olmaydi. SHuning uchun ham, viloyatdan keladigan yosh, ruschani bilmaydigan xodimlar, tushunmagan narsasini qayta so'rab, mayna bo'lishdan uyalib, hech nima olmay ketaveradi. Balki, PFL va Terma jamoalar markazi tomonidan o'yinlarni professional, bekamu ko'st bo'lmasada, muxlislarga yoqadigan qilib o'tkazadigan maxsus bo'lim tashkil qilish kerakdir?
Matbuot anjumani zalidagi banner Skolari paytida osilgan.
BOSHQA HAKAMLARGA HAM IMKONIYAT BERISH KERAK-KU!?
Hakamlar qo'mitasi muvaffaqiyatlar haqida og'zi to'lib gapiradi-yu, ammo muhim o'yinlarga faqat Ravshan Ermatov brigadasi tayinlanaveradi. Bu safargisi endi oshib tushdi. O'zbekistonda futbol Ermatovgacha ham bo'lgan-ku? SHuncha yil davomida qanday bo'lgan edi? Ermatov jahon saviyasidagi hakam, gap yo'q. Lekin unga ham biroz dam berish kerak. Iordaniya - Suriya o'yinini boshqarib, ertasi kuni bitta samolyotdan ikkinchisiga o'tirib, parvoz qilib toliqqan hakamni Superkubok o'yiniga tayinladilar. Vaholanki, hakam o'yin davomida futbolchidan ko'ra ko'proq masofani bosib o'tadi. Tabiiyki, charchoq o'yin davomida hakamga salbiy tasir o'tkazishi mumkin. Xato bo'ladigan bo'lsa, hech kim uni uzoqdan uchib kelganini eslamaydi. Nahotki, shuni tushunmasak? JCHda yurtimiz sharafini himoya qiladigan Ermatovga, ham jismoniy, ham ruhan tayyorgarlik kerak. Kovalenko ham OK saralash uchrashuvida ishladi. Lekin bu ikki hakamimizdan tashqari yana bir necha nafar FIFA hakamlari bor-ku, qachon ular jiddiy o'yinga qo'yiladi?
Gol ofsayddan urildi, deyayotganlar, bu vaziyatda Pishur haqiqatdan ham o'yindan tashqari holatda qolgan bo'lar edi, agar "Lokomotiv" himoyachisi to'p oshirilishi oldidan podkat tashlamaganida. SHu bois, gol haqqoniy ko'rinish oldi.
Gapirsa gap ko'p... Yana bir haftadan keyin stadionlarimizga oliy liga qaytadi. Lekin hech qaerda stadionlarga muxlislarni chorlash borasidagi chora-tadbirlarni ko'rmayapmiz.
Ha, aytganday, yangi mavsum uchun kubokka hozirdan buyurtma bering. Yana test qilib, ikki marta erga tashlab ko'rish kerak. Aks holda, yillar o'tib, klublarimiz muzeylarida singan humlar qoladi, xolos.
Kecha "telegram"da "Bunyodkor" va "Lokomotiv" muxlislarining suhbatini kuzatdim.
- "Bunyodkor" chempion!!!
- Vey, kubok shumidi, shunga shuncha talashdikmi? Siqilmasak ham bo'lar ekan...
Muxlisni alday olmaysiz!
Nodirxo'ja Yuldashev

- Quloqsiz kuboklar

- Lotin tilida O'ni to'g'ri yozish uchun, O harfini yozasiz, so'ng katak tashlab ' belgisini qo'yasiz. SHunda bu belgi bannerda ko'rib turganingizdek 9 emas, 6 shakliga keladi.
BOSHQA HAKAMLARGA HAM IMKONIYAT BERISH KERAK-KU!?
Hakamlar qo'mitasi muvaffaqiyatlar haqida og'zi to'lib gapiradi-yu, ammo muhim o'yinlarga faqat Ravshan Ermatov brigadasi tayinlanaveradi. Bu safargisi endi oshib tushdi. O'zbekistonda futbol Ermatovgacha ham bo'lgan-ku? SHuncha yil davomida qanday bo'lgan edi? Ermatov jahon saviyasidagi hakam, gap yo'q. Lekin unga ham biroz dam berish kerak. Iordaniya - Suriya o'yinini boshqarib, ertasi kuni bitta samolyotdan ikkinchisiga o'tirib, parvoz qilib toliqqan hakamni Superkubok o'yiniga tayinladilar. Vaholanki, hakam o'yin davomida futbolchidan ko'ra ko'proq masofani bosib o'tadi. Tabiiyki, charchoq o'yin davomida hakamga salbiy tasir o'tkazishi mumkin. Xato bo'ladigan bo'lsa, hech kim uni uzoqdan uchib kelganini eslamaydi. Nahotki, shuni tushunmasak? JCHda yurtimiz sharafini himoya qiladigan Ermatovga, ham jismoniy, ham ruhan tayyorgarlik kerak. Kovalenko ham OK saralash uchrashuvida ishladi. Lekin bu ikki hakamimizdan tashqari yana bir necha nafar FIFA hakamlari bor-ku, qachon ular jiddiy o'yinga qo'yiladi?
Gol ofsayddan urildi, deyayotganlar, bu vaziyatda Pishur haqiqatdan ham o'yindan tashqari holatda qolgan bo'lar edi, agar "Lokomotiv" himoyachisi to'p oshirilishi oldidan podkat tashlamaganida. SHu bois, gol haqqoniy ko'rinish oldi.
Gapirsa gap ko'p... Yana bir haftadan keyin stadionlarimizga oliy liga qaytadi. Lekin hech qaerda stadionlarga muxlislarni chorlash borasidagi chora-tadbirlarni ko'rmayapmiz.
- Jamoalarimiz oliy ligada haftada 2ta o'yinda maydonga tushsa dodlab yuboradi. Ermatov muhim o'yinni boshqarish bilan birga, olis masofani bosib keldi.

Fikrlar