Nurillo To'xtasinov: U-23 Osiyo chempionatida xalqimizni chiroyli g'alabalar bilan xursand qilishga harakat qilamiz
21 dek 2019 16:40
Yangiliklar


Nurillo To'xtasinov: U-23 Osiyo chempionatida xalqimizni chiroyli g'alabalar bilan xursand qilishga harakat qilamiz
Lyubinko Drulovich boshqaruvidagi olimpiyachilarimiz hozirda BAAning Dubay shahrida o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazmoqda.
Terma jamoamiz yarim himoyachisi Nurillo To'xtasinov O'FA rasmiy saytiga tayyorgarlik jarayoni haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
- Musobaqaga borgan sayin oz vaqt qolyapti. Kuniga 2 mahaldan mashg'ulotlar olib boryapmiz. Tayyorgarlik yuqori darajada, deya olaman. Jamoamizda kayfiyat alo darajada, hamma yigitlar mashg'ulotlarda qattiq ter to'kishyapti.
Qita chempionatida oson o'yinlar bo'lmaydi. Lekin biz har bir uchrashuvda xalqimizni xursand qilish, ularga chiroyli g'alabalar taqdim etish uchun bor mahoratimizni ishga solamiz. Har bir o'yinda terma jamoamizga maksimal foyda keltirishga urinamiz, - deya takidladi mahoratli futbolchi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar