So’nggi yangiliklar

01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  28 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  2 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  0 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:35АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Брайтон"ни меҳмон қилмоқда, Ҳусанов асосийда (онлайн ҳисоб)  20 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  3 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 00:04АПЛ. "Бёрнли" – "Манчестер Юнайтед". Бошланғич таркиблар аниқ!  4 23:46АПЛ. "Фулхэм" – "Челси". Бошланғич таркиблар аниқ!  0 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  2 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"  16 21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  2

Nurillo To'xtasinov: "Terengganu"ni xalqaro maydon tufayli tanladim" Yangiliklar

Nurillo To'xtasinov: "Terengganu"ni xalqaro maydon tufayli tanladim"

O'zbekistonlik yarim himoyachi Nurillo To'xtasinov Malayziyaning "Terengganu" klubiga ko'chib o'tganidan xabardorsiz.

Biz To'xtasinov bilan bog'lanib, yangi klubidagi ilk taassurotlari bilan qiziqdik.

- "Terengganu"dan birinchi taklif qachon bo'lgandi?
- Taxminan 2 oycha oldin Malayziya klubidan qiziqish borligini agentim aytgandi. O'ylab ko'rdik va rozilik berdim.




- Sir bo'lmasa yana qaysi klublardan qiziqish bo'lgandi?

- Eronning "Traktorsozi" va BAAning "Al Ittixod Kalba" klublaridan qiziqish bo'lgandi.

- Nega aynan "Terengganu"ni tanladingiz?

- Sababi ushbu klub yangi mavsumda OFK kubogida ishtirok etadi. Xalqaro maydonda o'ynash ishtiyoqi hamda klub rahbariyatining o'z oldiga qo'ygan maqsadi tufayli shu klubni tanladim.

- Bosh murabbiy bilan gaplashdingizmi? U sizdan aynan nima xohlayotganini aytdimi?

- Ha, albatta bosh murabbiy bilan suhbatlashdim. Mendan hujumchilarga ko'proq yordam berish, hamda imkon bo'lishi bilan darvoza tomon zarbalar berishimni so'radi.

- "Terengganu"da o'zbekistonlik himoyachi Sardor Qulmatov ham o'ynamoqda. Sardor klubga moslashishga qanchalik yordam bermoqda?

- To'g'risini aytsam hali Malayziyaga uchib bormasimdan Sardor aka bilan gaplashib turdim va turli maslahatlar oldim. Klubga moslashishimga katta yordam bermoqdalar. Uylarimiz juda yaqin.




- Malayziyada chempionat tugashiga 10ta tur qoldi. Ayni paytda klub 6-o'rinda ekan. O'tgan yil "Terengganu" chempionatda 2-o'rinni olgandi. Bu yil qaysi o'rinni egallasa muvaffaqiyat hisoblanadi?

- To'g'ri chempionatda ishlar u qadar zo'r emas. Lekin hali o'yinlar ko'p va imkon qadar yuqoriroq o'rinlardan birini egallash uchun harakat qilamiz. Eng asosiy maqsad OFK kubogida munosib natija qayd etish.

- Klub infratuzilmasi (stadion, baza) haqida nima deya olasiz?

- Ajoyib. Klub bazasida 4 yoki 5ta mashg'ulot maydoni borligining o'zi katta narsa. Bu erda futbolchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

- "Neftchi" klubi va uning muxlislariga nima deysiz?

- "Neftchi" klubiga, rahbariyatdan tortib oddiy xodimgacha rahmat aytaman. Muxlislar bizni ajoyib tarzda qo'llab turishdi, ikkinchi davrada ham ulardan "Neftchi"ni bundan ham kuchliroq qo'llab-quvvatlashlarini so'rayman. Ikkinchi davrada "Neftchi"ga omad tilayman!



Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика