Nuri SHaxin "Antalyaspor"da ish boshladi
05 okt 2021 20:03
Yangiliklar
Nuri SHaxin "Antalyaspor"da ish boshladi
"Antalyaspor" rahbariyati jamoa boshqaruvini 33 yoshli tajribali futbolchiga ishonib topshirdi.
"Antaliyadagi futbol uchun Nuri SHaxin javobgar bo'ladi. Nuri o'z jamoasini quradi, biz u bilan 5 yillik kelishuvga erishdik. Futbol o'ynashni davom ettiradimi yoki yo'q, buni o'zi hal qiladi", – dedi "Antalyaspor" prezidenti Aziz CHetin
Ajablanarlisi, SHaxin 1 oktyabr kuni "Adana Demispor"ga qarshi o'yinda (1:2) maydonga tushgandi, 4 kun o'tib, u murabbiyga aylandi.
Malumot uchun, "Antalyaspor" Turkiya chempionatida 8 ochko bilan 14-o'rinda bormoqda.
Fikrlar