Nunu Eshpirito Santu: "Manchester Yunayted"ni mag'lub etganimizdan faxrlanaman"
17 mar 2019 12:55
Yangiliklar


Nunu Eshpirito Santu: "Manchester Yunayted"ni mag'lub etganimizdan faxrlanaman"
"Vulverxempton" bosh murabbiyi Nunu Eshpirito Santu Angliya Kubogida "Manchester Yunayted" mag'lub etilgani borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Jamoam bilan faxrlanaman. Ular sovuqqon va tartibli o'yin namoyish qilishdi. Bizga bu g'alaba juda muhim edi. Bilaman, o'tgan asrda "Vulverxempton" juda kuchli jamoa bo'lgan. Buni stadiondagilar yaxshi bilishadi. To'g'ri, u davrlar kabi bo'la olmaymiz. Ammo shuni qaytarishga harakat qilib ko'ramiz", - dedi murabbiy.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar