Nukus shahrida plyaj futboli bo'yicha OFKning xalqaro o'quv-kurslari start oldi

Narzulla Saydullayev
25 may 2017, 16:08
Bugun, 25 may kuni Nukus shahrida plyaj futboli bo'yicha OFKning Level 1 sertifikati uchun xalqaro o'quv-kurslari start oldi. Birinchi bor o'tkazilayotgan mazkur kurslarda Qoraqalpog'iston Respublikasidan jami 19 murabbiy ishtirok etmoqda.

Ummonlik Tolib Hilol al-Tanaviy o'quv-kurslarini olib bormoqda. Unga O'FF texnik direktori Shavkat Imomov assistentlik qilayotgan bo'lsa, koordinator vazifasi Qopaqalpog'iston Respublikasi futbol feredaciyasi mutaxassis Jalimov Ongrabayga yuklatildi.

Ushbu o'quv-kurslar davomida qatnashchilarning nazariy va amaliy bilimi oshiriladi. O'quv-kurslar yakunida imtihon topshirib, undan muvaffaqiyatli o'tgan qatnashchilar plyaj futboli bo'yicha OFKning Level 1 va O'FF licenziyasiga ega bo'ladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com