Nozim Mullaoxunov: “Qo'qon-1912”ni mag'lub eta olganimizdan xursandmiz”
02 iyu 2014 12:40
Yangiliklar
Nozim Mullaoxunov: “Qo'qon-1912”ni mag'lub eta olganimizdan xursandmiz”
Birinchi liganing ikkinchi bosqich o'yinlariga start berildi. “SHarq” mintaqasida oliy ligaga chiqish uchun asosiy davogarlardan biri sifatida ilga olinayotgan “Qo'qon-1912” yana ochko yo'qotdi.
Rustam Abdullaev jamoasi aslida Andijondan ochko bilan qaytishi ham mumkin edi. Lekin mezbonlar 3ta to'p kiritib irodali g'alabaga erishdi. Uchrashuvdan so'ng “UzDongJu” bosh murabbiyi Mullaoxunovdan intervyu oldik.
- Albatta “Qo'qon-1912”ni mag'lub eta olganimizdan xursandmiz. Muxlislarimizga quvonch ulashdik. Ular uylariga yaxshi kayfiyatda qaytdi - deya gap boshladi Nozim Mullaoxunov.
- Ochig'ini aytganda, oxirgi to'rtta o'yinda mag'lubiyatga uchraganimiz yigitlarga ruhiy jihatdan qattiq zarba bo'ldi. Ularni bu ruhiy “o'radan” olib chiqib ketishimiz kerak edi. SHu bois “Qo'qon-1912”ga qarshi bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik.
- O'yinga keladigan bo'lsak, har ikkala gol ham o'zimizning xatolarimiz evaziga yuz berdi. Ayniqsa ikkinchi goldan keyin yigitlarda biroz “sinish” bo'ldi. Lekin ular ochko olish maqsadida oxirigacha jiddiy kurashdi va irodali g'alabani qo'lga kiritdik.
- Mehnatimiz besamar ketmaganidan xursandman. Bizni stadionda qo'llab-quvvatlab turganlarga minnatdorchilik bildiraman.
- “Qo'qon-1912” o'yini xususida ijobiy fikrdaman. Tarkibida tajribali futbolchilar yig'ilgan. Jamoaning o'z o'yin uslubi bor.
- Endi kelgusi o'yinlarga ham puxta tayyorgarlik ko'rib, muxlislarimizni xursand etishimiz kerak.
Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Fikrlar