So’nggi yangiliklar

09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  4 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  2 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  4 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  21 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  3 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  1 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  1 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  2

Nozim Mullaoxunov: "Darvozabonimiz va bir necha futbolchilarimiz moliyaviy muammo sababli ketib qoldi" Yangiliklar

Nozim Mullaoxunov: "Darvozabonimiz va bir necha futbolchilarimiz moliyaviy muammo sababli ketib qoldi"

O'zbekiston Pro-ligasi 12-turi doirasida "Nurafshon" - "Xotira-79" (3:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Nozim Mullaoxunov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Bugun faqatgina jismoniy tayyorgarlik bo'yicha mag'lub bo'ldik. Bunda biz ham aybdormiz, yigitlar faqat o'yinlarga kelishadi, mashg'ulotlarda qatnashishmaydi. Bundan keyin rahbariyat barcha sharoitlarni yaratishga vada bergan. Navbatdagi o'yinlarda iloji boricha vaziyatlardan foydalanishga harakat qilamiz.

Pro-ligani A va B zonalarga bo'lib, juda yaxshi ish qilishgan. CHunki B mintaqasida jamoalarning tashkilotchiligi, tayyorgarligi borasida kamchiliklar ko'zga tashlanmoqda. Zonadagi barcha jamoalarning kuchi o'zaro teng, deb hisoblayman. Barcha jamoalar o'zaro raqobatga kirisha olishadi.

Bizda 3 nafar darvozabon bor. Moliyaviy tomondan biroz qiyinchiliklarga tushib qoldik. Yigitlar esa bunga sabr qilishmadi va jamoadan ketib qolishmoqda. Ammo ayb barchada, futbolchilarda, murabbiylarda va rahbariyatda. Endilikda klubdagi siyosat anchagina yaxshi. Ikkinchi davrada darvozabonlar borasida ish olib boramiz, ularni qaytarishga harakat qilamiz. Ularning shartnomasi bor, shu boisdan mashg'ulotlarda, yig'inlarda o'zlarini ko'rsatishlari kerak. Ertaga ular mana shu shartnomaga qarab pulini talab qiladi. Biroq ular biz qo'yayotgan talabni bajarmayapti. Agarda barchasi men istagandek bo'lmasa, futbolchilar mehnat qilmasa, men ham associaciyaga arznoma bilan chiqaman.

Hozirda jamoaning rasmiy bosh murabbiyi o'zimman. Ha, oldinroq sog'lig'im ko'tarmagani sababli jamoadan ketmoqchi bo'lgandim. Oradan vaqt o'tib, rahbariyat bilan yana kelishib oldim. Agarda vaqtlar davomida rahbariyat futbolchilarimizning o'sishi uchun sharoitlar qilib bermasa, bu ayrim muammolarni keltirib chiqaradi. Xudo xohlasa, barchasi yaxshi bo'ladi. "Xotira-79"ning nomi o'sha halok bo'lgan "paxtakorchilar" sharafiga qo'yilgan. SHu boisdan men faqatgina yoshlar, balki kattalardan ham yaxshi o'ynashlarini talab qilyapman. Hech kim mening ishimga aralashishi kerak emas. SHunday bo'lgan taqdirda ayrim o'zgarishlar bo'lishi mumkin", - dedi Mullaoxunov.

Mirjalol Normatov suhbatlashdi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика