So’nggi yangiliklar

11:532016 йилги жаҳон чемпиони Аргентина терма жамоасининг "Ҳумо Арена"даги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 11:25"Насаф" легионери 3 та ўйинга дисквалификация қилинди, Иван Бошкович ва Рўзиқул Бердиевга интизомий чора кўрилди  15 10:51Роналду кейинги йилларда "Олтин тўп"га асосий даъвогарлар кимлар бўлишини маълум қилди  8 10:15Бразилия термаси устози ваъда берди  4 09:42ЦСКА голеадор ҳужумчи билан шартнома тузди  1 09:05«Динамо» легионер футболчиси билан шартномани узайтирди  1 08:32Ўзбекистон футзал миллий терма жамоаси Жаҳон чемпионатидаги илк учрашувда оқ либосда майдонга тушади  3 07:56Икки нафар футболчимиз Осиёда ЖЧ-2026 саралаши 2-тур рамзий жамоасидан ўрин олди  2 07:27Суперлига. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  24 01:22Эрик тен Хаг: "Биз жамоани қайта қуряпмиз"  8 00:45"Барселона", ниҳоят, "Боруссия" Д билан ҳисоблашди  4 00:22Эсанов тўп тепадиган "Акрон" машҳур ҳужумчини трансфер қилди  2 23:51Бу қизиқ! Россия термаси "ўйлаб топилган" футболчилар билан тасвирланди  2 23:19"Челси" футболчиси Туркия томон йўл олмоқда  0 22:55"Манчестер Юнайтед" Саутгейтга таклиф билан чиқдими? Гарет жавоб берди  3

Nozim Mullaoxunov: “Andijonda eng avvalo infratuzilmani to'g'ri yo'lga qo'yib olishimiz kerak” Yangiliklar

Nozim Mullaoxunov: “Andijonda eng avvalo infratuzilmani to'g'ri yo'lga qo'yib olishimiz kerak”

Andijonda bolalar bilan ishlash bo'yicha o'ziga yarasha nom qozongan Nozim Mullaoxunov mana bir necha yildirki, katta futbolda faoliyat yuritib kelmoqda.

“UzDongJu”dagi samarali ishlashi natijasida bu yil davralar oralig'iga kelib, viloyatning bosh jamoasi bo'lmish “Andijon”dan chaqiruv oldi. U erda katta murabbiy sifatida ishlab, jamoaning kuchlilar safida qolishida o'z hissasini qo'shishga erishdi. Ishqibozlarga yaxshi malumki, “Andijon” 10 dekabrdan o'z qarorgohida yig'inni boshlagandi. Kecha “burgutlar”ning “UzDongJu”ga qarshi o'tkazgan nazorat uchrashuvidan so'ng mazkur yig'in nihoyasiga etdi. Biz esa fursatdan foydalanib, ushbu yig'inga boshchilik qilgan Mullaoxunovni suhbatga chorladik.

- Avvalo poyoniga etgan mavsum haqida fikrlaringizni bildirib o'tsangiz?
- Jamoamiz uchun juda ham og'ir mavsum bo'ldi deyish mumkin. “Andijon” rahbariyati yozda menga taklif bilan chiqib, jamoaga yordam berishim kerakligini aytgach, yo'q deya olmadim. Viloyatimizning bosh jamoasini kuchlilar safida olib qolish uchun bor kuchim bilan mexnat qildim. Murabbiylar shtabidagi hamkasblarim bilan doimo hamfikr bo'lib, samarali ish olib bordik deb o'ylayman. Yigitlarni bir maqsad yo'lida jipslashtira oldik. Futbolchilarga ham minnatdorchilik bildirib qolaman. Sababi ular qiyin vaziyatda turgan bo'lishimizga qaramay, ko'rsatmalarimizni bekamu-ko'st bajarib, o'z oldimizga qo'yilgan vazifani uddalay oldi.

- “Andijon”da bosh murabbiy masalasi hamon ochiqligicha turibdi. Ayrim muxlislar sizning nomzodingizni maqul topmoqda. Ammo shu kungacha oliy ligada sira bosh murabbiy sifatida ishlab ko'rmagansiz. To'g'rimi?
- Ha, shunday. Lekin bilasizmi, menga “Andijon”da qanday murabbiy bo'lib ishlashning ahamiyati yo'q. Bosh murabbiy bo'lamanmi, katta murabbiy bo'lamanmi, yoki yoshlar jamoasini boshqaramanmi, asosiysi esa eng avvalo Andijonda o'ziga xos infratuzilmani to'g'ri yo'lga qo'yib olishimiz kerak. Buning uchun bolalar futboliga jiddiy etibor qaratib, sharoitlarni yaxshilab borishimiz kerak. Kerak bo'lsa, chetdan malakali mutaxassislarni taklif etib, ularning tajribalaridan foydalanishimiz zarur. Qachongacha boshqa klublardan ijaraga futbolchi olib kelib, o'ynatamiz. Yoki qachongacha katta summa evaziga tayyor futbolchilarni xarid qilamiz. Menimcha byudjetdan to'g'ri foydalana olsakgina, Andijonda mustahkam poydevor qura olamiz. Nazarimda buning vaqti etib keldi. Rahbariyat bilan ham yaqinda shu haqda gaplashib oldik.  

- Bosh murabbiy masalasi qachon aniq bo'ladi?
- Yangi yilga qadar rahbariyat bu borada aniq bir to'xtamga kelishi kerak. Yuqorida aytganimdek, boshqaruv postiga kim kelishidan qatiy nazar, avvalo viloyat futbolini o'ylashi kerak. Kelajak sari intilish zarur.

- Sakkiz kunlik yig'in to'g'risida nima deysiz?
- Bilsangiz kerak “Andijon”ning asosiy tarkibdagi futbolchilari ishtirokidagi yig'in 21 dekabr kunidan boshlanadi. Unga qadar esa yordamchi murabbiy Vitaliy Legay ikkimiz yoshlar jamoasidagi futbolchilarni yig'ib, sakkiz kunlik yig'in o'tkazdik. Kuniga bir mahaldan mashg'ulot o'tkadik. Yig'in so'nggida esa rejamizga ko'ra, “UzDongJu” jamoasi bilan sinov-nazorat uchrashuvini tashkil etdik. Bu o'yin orqali futbolchilarning imkoniyatini yana bir bor tekshirib oldik. Bahsdan so'ng yigitlarga dam berdik. Endi 21 dekabr kuni asosiy tarkib o'yinchilari bilan yig'inga kirishamiz.

- Yoshlar jamoasidagi futbolchilar ishtirokida o'tkazilgan yig'indan so'ng qanday xulosaga keldinglar? Kimlar endi keyingi yig'inda ham qatnashadi?
- Bo'lajak yig'inimizga Farhod Bekmurodov, SHoxsulton Parpiev, Dilmurod Mahmudov va Xondamir Yuldashevni jalb etishni rejalashtirganmiz. 


- Qolgan futbolchilarning taqdiri qanday kechadi?
- Ularga agar birinchi liga klublaridan taklif bo'lsa, ijara asosida berishimiz mumkin. Ushbu yig'inimizda 1994-1995 yildagi futbolchilar ishtirok etganini aytib o'tishni istardim. Ularni mana bir necha yildirki, yoshlar jamoamizda o'ynatib kelmoqdamiz. Kelasi mavsum ham ayrimlarini yoshlar jamoasiga jalb etib, ularning yoniga 1996-1998 yildagi iqtidorli futbolchilarni qo'shishimiz mumkin. Bu orqali ularni kelasi yil oliy ligaga tayyorlab yuborishimiz lozim. Buning ustida juda ko'p mexnat qilish kerakligini ham yaxshi tushunib turibmiz.

- Bugungi kunda oliy liganing bir qator jamoalari yig'inni boshladi. Selekciya jarayoni ham tobora boshlanmoqda. Lekin mahalliy ishqibozlarda “Andijon”ning hamon tatildan qaytmagani va transfer borasida yangilikka qo'l urmagani hadiq uyg'otmoqda. Bunga javoban nima degan bo'lardingiz?
- To'g'ri, oliy liga klublarining aksariyati yig'inni boshlab yuborgan. Ammo hozir deyarli hamma futbolchining shartnomasi 31 dekabrga qadar. Rasman o'tishlar yanvar oyidan boshlanadi. Ungacha og'zaki gap-so'zlar bo'laveradi. Bizning ham ko'z ostimizga olib qo'ygan futbolchilarimiz yo'q emas. Ularning ayrimlari bilan hozirdan gaplashib turibmiz. Transfer oynasi yanvardan ochilishini inobatga olsak, “Andijon” ham haridlarni yangi yildan boshlab, amalga oshiradi. Lekin kimlar kelishini aytmay turganim maqul. Imkon qadar kelasi yil muxlislarimizni quvontiradigan jamoa tuzishga xarakat qilamiz. Fevral oyiga qadar asosiy tarkibning o'zagini aniqlab olishga xarakat qilamiz.  

- “Anidjon”da tarkib har yili yangilanaveradi. Bunga asta-sekin chek qo'yilib boriladimi?
- Bu savolga chuqur yondoshiladigan bo'lsa, hammasi infratuzilmaga borib taqaladi. So'nggi yillarda murabbiy varahbariyatning ko'nimsizligi ham qaysidir manoda bunga sabab bo'lsa kerak. Har bir murabbiyning o'z fikri va futbolga bo'lgan qarashi mavjud. Andijonda ham iqtidorli futbolchilar ko'p. Faqat ularga jiddiy etibor qaratib, sharoitlarini yaxshilab borish kerak. Bolalar futbolini yanada tartibga solish kerak deb o'ylayman. SHundagina ularni yuzaga chiqarish mumkin. Har yili chetdan katta summa evaziga tayyor o'yinchini olib kelib, bir mavsum o'ynatish oqibati ham yaxshilikka olib kelmaydi. Bundan ko'proq viloyat futboli yutqazayotganini ko'rish mumkin. “UzDongJu”dagi faoliyatimdan kelib chiqib aytamanki, u jamoada ham boshida ko'zga ko'rinmay qolgan futbolchilarga ishonch bildirib, yuqori saviyaga olib chiqish uchun astoydil ishladik. Natijada bugungi kunda oliy ligaga tayyorlari bo'y ko'rsatmoqda. Ularga ham boshida etibor bermaganimizda, balki bugun futbol bilan xayrlashib qo'ya qolgan bo'larmidi.   

- Ixtiyor o'zingizda bo'lsa selekciya jarayonida qanday ish tutgan bo'lardingiz?
- Hozir men jamoada ko'rishni istagan futbolchilar OTJda. Ularni “Andijon”ga olib kelish uchun etakchi klublarimiz bilan muzokara o'tkazib, kamida ijaraga olsa bo'ladi. Lekin bir yildan keyin nima bo'ladi?! Yana shu xolatni takrorlaymizmi?! Nazarimda mahalliy futbolchilarimizga ishonch bildirish payti etib keldi. Dastlabki yil natija uchun emas balki poydevor qo'yish niyatida ishlasak, menimcha kelgusida o'zimizga oson bo'ladi. Bu bilan boshqa viloyatdan futbolchi olib kelmaslik kerak demoqchi emasman. Agarda insoniyligi yaxshi bo'lib, futbolchi sifatida bizga yordam bera olsa, nega olmasligimiz kerak. Mana bu yil yozda tarkibga kelib qo'shilgan Anvar Berdievning yordami katta bo'ldi. Bunday futbolchilar bizga zarur. Rahbariyatga ham bu borada aytganman. SHuningdek futbolchilar bilan kamida ikki yillik shartnomalarni joriy etish ham muhim omillardan biridir.  

- “Andijon”ning yangi mavsumga tayyorgarlik rejasi qanday?
- Hozirgi kunda oliy liganing ko'plab klublari asosan homaki rejalar asosida tayyorgarlikni boshlagan. CHunki 22 dekabr kuni yangi chempionatga qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi. SHundan so'ng aniq bir to'xtamga kelinadi. Biz ham homaki rejalarni tuzib chiqqanmiz. Yangi mavsumga tayyorgarligimiz bir necha qismlardan iborat bo'ladi. Birinchi va ikkinchi yig'inimiz Andijonda o'tadi. Yanvar oyining ikkinchi qismida esa Toshkentda bo'lamiz. Keyin yana Andijonga qaytamiz. SHu yig'inlar orasida qisqa muddatli dam berib boriladi. Murabbiylar shtabi rasman tasdiqlansa keyin yanada rejalar ham puxtalashadi menimcha. Darvoqe, menda bitta taklif bor edi. O'zbekiston futbol federaciya rahbariyati Toshkentda  “Futbol-MED” tibbiy ko'rik maskanini ochgani ayni muddao bo'ldi. Buning uchun futbolimiz mutasaddilariga minnatdorchilik bildiraman. Menimcha shunday tibbiy ko'rikni vodiy uchun ham bitta filial qilish kerak. CHunki bugungi kunga kelib vodiydan oliy ligada 4ta, birinchi ligada esa 6-7ta jamoa bor. Ularning poytaxtga borib kelishi uchun moddiy jihatdan imkoniyati biroz tejalgan bo'lardi. Juda qulay edi. Agarda shunday qilinsa vodiy jamoalari ham har yig'indan oldin futbolchilarini tez-tez tibbiy ko'rikdan o'tkazib oladi deb o'ylayman.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика