Nozim Mullaoxunov "Andijon" bosh murabbiyi
23 jan 2016 19:08
Yangiliklar


Nozim Mullaoxunov "Andijon" bosh murabbiyi
Bugun "Andijon" jamoasi murabbiylar shtabida o'zgarish yuz berdi.
Tushlikdan so'ng klub qarorgohida rahbariyat yig'ilish o'tkazdi va jamoaga bosh murabbiy etib Nozim Mullaoxunov tayinlanganini rasman elon qildi. Bungacha ushbu 43 yoshli mahalliy mutaxassisni bosh murabbiy Sergey Kovshovga yordam berib kelganini muxlislar yaxshi bilishsa kerak. Endilikda jamoa natijalariga Mullaoxunov javob beradigan bo'ldi. Olingan malumotlarga ko'ra, Sergey Gennadevich bundan-buyon yana "Andijon" yoshlar jamoasida bilan ishlaydigan bo'ldi. Aytish joizki, Kovshov o'tgan yili ham malum muddat yoshlar jamoasini boshqargandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar