So’nggi yangiliklar

15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  0 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  0 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  1 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  1 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0 12:04Бу йил Суперлига "ёнади", декабрда ҳам ўйинлар бўлади  6 12:00Бугунги ўйинлар: "Ман Сити" — "Челси", "Реал" — "Бетис" ва бошқалар  2 11:22"Барселона" Бастонининг трансфери бўйича қарор қабул қилди  5 10:43Пеп Гвардиоланинг "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:15Драган Черан: “Андижонлик мухлислар нафақат Ўзбекистонда, балки жаҳон даражасидаги бренд”  12 09:48Лионель Месси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  5 09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  6 08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  4

Noyob Franciya terma jamoasi Yangiliklar

Noyob Franciya terma jamoasi

Franciya - dunyodagi eng xalqaro terma jamoalardan biridir.

Ushbu jamoada deyarli har bir o'yinchida boshqa termada o'ynash imkoniyati bor edi. Keling, boshqa davlat sharafini himoya qilishi mumkin bo'lgan futbolchilarni ko'rib chiqamiz. 

Hamma futbolchi ham hozir sharafini himoya qilayotgan davlatida dunyoga kelmagan (masalan, Umtiti Kamerunda tug'ilgan). Ko'pchilik, fuqaroligini ota-onalari, yaqini yoki uzoq qarindoshlari tufayli o'zgartirgan, masalan Grizmann kabi.  Antuannning ona tarafidan hisoblanuvchi bobosi - Portugaliyadan. Bobosi ham oldingi davrda futbolchi bo'lgan va "Pasush de Ferreyra"da to'p tepgan. Grizmann agar xohlaganida, bemalol portugal pasportini olib, Ronaldu bilan bir jamoada o'ynashi mumkin edi. 

 Jiru shunga o'xshash voqeani boshdan kechirgan - Olivening har ikkala buvisi ham italiyalik bo'lib, ushbu mamlakat termasida o'ynashi mumkin edi. Ammo Jiru Franciyani tanladi, Jahon chempioniga aylandi va aminmanki, hech narsadan afsuslanmaydi. 

Lorisning onasi francuz, u advokat bo'lib ishlaydi, otasi - katalon, Monte-Karloda bankir. Ugo Nicca shahrida tug'ilgan va unda fuqarolik olishning ikkita varianti bor edi. Agar Loris Ispaniyani tanlaganida, "qizil furiya"ning "birinchi raqami" kim bo'lardi? Nima deb o'ylaysiz? 

 Lyuka Ernandes haqida ko'p narsa aytilgan, shuning uchun asosiysini eslaymiz. Lukas otasi Jan-Francua Ernandes "Olimpik Marsel" safida o'ynayotgan bir paytda Franciyada dunyoga kelgan. Keyin katta Ernandes Ispaniyaga ko'chib o'tdi va u erda "Kompostela", "Rayo Valekano" va Madridning "Atletiko" jamoalarida o'ynagan. Faoliyatini yakunlagan Jan-Francua Ispaniyada qoldi, u erda ikkala o'g'li ham futbol bilan shug'ullanishni boshlashdi. Lyuka 19 yilni Ispaniyada o'tkazdi, ikki davlat fuqaroligini oldi va akasi Teo bilan bitta jamoada bemalol o'ynashi mumkin edi, ammo Lyuka Franciyani tanladi va 2018 yilda Jahon chempioni bo'ldi. 

Kurzavaning otasi Gvadelupadan, onasi esa Polsha fuqarosi. Leven 18 yoshligida, Franciya U-19 terma jamoasi tarkibida  2010 yili Evropa chempioni bo'ldi. Keyin butun Polsha futboli matbuoti, o'z futboli rahbariyatidan futbolchi bilan Polsha terma jamoasida o'ynashi uchun muzokarani boshlashga chaqirdi, lekin Kurzava Franciyani tanladi. 

Zamonamizning eng qimmat o'yinchisi (ko'plab talqinlar bo'yicha) ham Kamerun, ham Jazoir uchun o'ynashi mumkin edi. Kilianning otasi - kamerunlik, futbolchi bo'lgan, ammo u yuqori saviyada o'ynamagan. U Bondi shahrida yashagan, murabbiylik qilgan. Killian o'sha erda tug'ilgan. Mbappening onasi Jazoir muhojirlarining avlodidir va nazariy jihatdan Killian bu yil Jazoir bilan Afrika kubogini yutishi mumkin edi. 

Ushbu jamoa safini quyidagi futbolchilar bilan to'ldirishimiz mumkin: Aleksandr Lyakazett, Antoni Marsyal, Kingsli Koman, Toma Lemar (barchasi - Gvadelupa) va Rafael Varan (Martinika). 

Garchi Martinika va Gvadelupaning o'z terma jamoalari bo'lsa-da, ikkalasi ham FIFA tarkibiga kirmaydi, shuning uchun Jahon chempionatida o'ynash va g'alaba qozonish imkoniyati yo'q. Biroq, bu ajoyib orollar KONKAKAF tarkibiga kiradi. Sizningcha, Gvadelupada  Lyakazett, Marsyal, Koman va Lemar bilan KONKAKAF oltin kubogini yutish imkoniyati bo'larmidi? 

Qizig'i shundaki, biz bunday tarkibdan yana 2-3tasini tuzishimiz mumkin. 

Emerik Lyaport Franciyaning Ajen shahrida tug'ilgan. Uning buvisi va bobosi basklar, bunday bo'lmaganida Emerik Bilbaoning "Atletik" klubida o'ynay olmagan bo'lardi. 

Karim Benzema Jazoirdan kelgan muhojirlarning 10 farzandidan biridir.  Nabil Fekir ham Karim kabi Jazoir muhojirlarining o'g'li sanaladi. 2015 yil boshida uzoq vaqt qaysi jamoada o'ynashi haqida bosh qotirgan: “Bu juda qiyin tanlov. Men yana bir marta otam bilan gaplashib ko'rishim lozim. U 20 yil Jazoirda yashadi, bu uning mamlakati". 

PSJning yangi futbolchisi Abdu Dialloning ota-onasi Senegaldan. Uning hamkasbi Presnel Kimpembe esa Kongo (otasining vatani) va Gaiti (onasining vatani) uchun ham o'ynashi mumkin edi. Ana shunaqa gaplar! 

SHerzod Nurmatov tayyorladi

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика