So’nggi yangiliklar

12:34"Зенит" собиқ футболчиси: "Файзуллаев ўйнамоқчи"  0 12:06Далот МЮ Мбеумо ва Кунья билан шартнома имзолаганидан хурсанд, чунки у энди уларга қарши ўйнашга мажбур эмас  0 11:39МЮ АПЛ ва Бундеслига юлдузлари билан ҳужумни кучайтирмоқчи  0 11:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Англия билан ўйнайди!  4 10:54"Челси" 19 ёшли футболчининг трансфери учун 43 миллион сарфлайди  1 10:23"Қўқон-1912" футболчиси Ироқ клуби билан шартнома имзолади  2 09:58Ўртоқлик учрашуви. МЮ АҚШда йирик ҳисобда ғалаба қозонди  3 09:27Нима? "Ал Насср" Россия чемпионатида тўп сураётган футболчига 70 миллион евро бермоқчи  5 08:58Пролига. "Олимпик" 7 нафар футболчи билан шартнома имзолади  1 08:30Аббосбек Файзуллаев янги жамоасида машғулотларни бошлаб юборди  11 08:25Лига Кубоги. "Интер Майами" ғалаба қозонди, Месси ўз ҳисобига иккита голли узатма ёздириб қўйди  6 08:01"Андижон" трансфернинг сўнггида яна икки нафар футболчи билан шартнома тузди  5 07:34"Навбаҳор" икки нафар "Олимпик"нинг собиқ футболчилари билан шартнома имзолади  1 03:15Равшан Эрматов билан дуч келган мундиалда майдонга тушиш учун пул тўлаган, "Атлетико Мадрид" либосини кийган ҳамда Арманистонда рекордлар қайд этган "Насаф"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз   2 00:40"Барселона" бош мураббийи Флик: "Рэшфордни кўп йиллардан бери кузатиб келаяпман"  3

Noyer va Nyubel futboldagi egizaklar-mi?! Yangiliklar

Noyer va Nyubel futboldagi egizaklar-mi?!

Yana darvozabon, yana "SHalke"dan...

Manuel Noyerning faoliyatida 2ta klub nomi bor. Noyer — "SHalke" tarbiyalanuvchisi. U o'sha erda yoshlar darajasidan o'tdi, Bundesligada debyut qildi va sardor bo'lishga ham ulgurdi. Noyer 2011 yil "Bavariya" bilan shartnoma imzoladi — haligacha o'sha klubda faoliyatini olib bormoqda. Avvaliga muxlislar Noyerni qabul qilishni istashmadi, chunki u "SHalke"daligida "Bavariya" muxlislarini haqorat qilgandi. Ammo keyin barchasi o'z o'rniga tushib ketdi.

Endi esa "Bavariya" yana bir top-darvozabonga ega bo'ldi. 2020 yilning yozida Aleksandr Nyubelning "SHalke" bilan tuzgan shartnomasi o'z nihoyasiga etadi va u erkin agentga aylanadi. Keyin esa Nyubel "Bavariya" safiga kelib qo'shiladi. Myunxen klubi o'yinchi bilan besh yillik shartnoma imzolash uchun kelishuvga erishganini rasman elon qildi. Natijada "SHalke" 23 yoshli posbon-kapitanini tekinga qo'ldan boy berdi. SHu o'rinda klub Noyer uchun hech bo'lmaganda, 30 million evro olgandi...

Noyer "Bavariya" safida ettita chempionlik tituli, to'rtta Germaniya Kubogi va bitta CHempionlar Ligasi bosh sovrinini qo'lga kiritdi. U Nyubeldan 10 yosh katta, biroq asosiy tarkibdagi o'rnini yosh iqtidor sohibiga osonlik bilan berib qo'yish niyati yo'q. "Sport Bild" transfer bilan bog'liq muhim jihatlarini o'rganib chiqdi: Noyer yangi o'yinchi — Nyubel jamoaga kelishiga qarshilik ko'rsatyapti. Sababi o'zi barcha bahslarda munosib tarzda o'yin ko'rsata olishiga ishonchi komil emish. Noyerga aytishlariga qaraganda, Nyubel kelasi mavsum kamida 15 o'yinda maydonga tushar ekan.

Noyer va Nyubel faoliyatining professional futboldagi qismi juda o'xshash. Nyubel ham shu erda katta futbolda debyut qildi, sardorlik hislatlariga ega bo'ldi va darvozadan o'ziga xos tarzda otilib chiqishi bilan ko'pchilikning etiboriga tushdi. Noyerning o'ziga xos sakrashi va darvozadan uzoqlashib ketganda, Stankovich deyarli maydon markazidan unga gol urib qo'ygani yodingizdami? Dekabr oyida Nyubel shunga o'xshash "uchishni" amalga oshirdi. Lekin uning "nishoni" "Ayntraxt" futbolchisi bo'ldi. SHu sababli, to'rtta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.


Nyubel qaysi jihati bilan etiborga loyiq?!

"Bavariya" — Nyubel professional faoliyatidagi ikkinchi klub bo'ladi. Biroq shu o'rinda Noyerdan farq qiladigan bir jihati bor. Nyubel — "Paderborn" tarbiyalanuvchisi. U 2015 yil u uchun 600 ming evro to'lagan "SHalke" klubiga o'tdi. Bundan kelib chiqadiki, "SHalke" posbon uchun pul to'lab, undan foyda ololmagan klub bo'lib qolmoqda.

Nyubel "SHalke"ning rasmiy saytiga bergan intervyusida "Paderborn"dan havotir olayotgani haqida so'zlab bergandi: "Men o'sha erda tug'ilib o'sdim. SHahar hamda klubga bo'lgan mehrim bo'lakcha". Bu mavsum jamoalar Bundesliga chempionatida to'qnash keldilar. "SHalke" Nyubel bilan birgalikda "Paderborn"ni 5:1 hisob bilan mag'lub etdi. Avvaliga Nyubelning darvozada turish niyati bo'lmagan. U 14 yoshigacha "Paderborn" maktabida maydon o'yinchisi bo'lgan. O'sha paytlar "Paderborn"da butun klub uchun bitta darvozabonlar murabbiyi bor edi — haftada bir marta akademiya o'yinchilari u bilan mashg'ulotga chaqirilgan. Nyubelga o'shanda darvozada o'ynash yoqib qolgandi.

Nyubel maydonda o'zining tajovuzkorligi bilan ajralib turadi. "Ayntraxt"ga qarshi bahsda u darvozadan o'ziga xos tarzda otilib chiqishi — bu Nyubelning ilk "namoyishi" emas. 2019 yil fevral oyida Bundesligada so'nggi ikki yilda qizil kartochka olgan ilk darvozabonga aylandi. Bu "Borussiya" (Menxengladbax)ga qarshi bahsda sodir bo'ldi.

Noyerning "Bavariya" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilda o'z yakuniga etadi. "Transfermarkt"ning yozishicha, klub u bilan shartnoma muddatini 2023 yilgacha uzaytirish haqida muzokara olib borgan, ammo Nyubel jamoaga kelishi aniq bo'lganidan so'ng, ular o'rtasidagi muhokamalar biroz cho'zilishi mumkin. "Bavariya" rahbariyati Noyerning o'rnini kelgusida Nyubel egallashini yashirayotgani yo'q. Lekin bunday almashinuvni asta-sekinlik bilan amalga oshirishni rejalashtiryaptilar. Nyubel iqtidoriga baho berishning yana bir yo'li, uning transferi uchun bo'lgan kurashga etibor berishdir. SPIEGEL malumotlariga qaraganda, Evropaning 12ta klubi Nyubelga davogarlik qilgan ekan. Kuchli posbonlari bo'lishiga qaramay, bu ro'yxatda "Atletiko", "MYU" hamda "Milan" ham bo'lgan ekan. Biroq Nyubel baribir "Bavariya"ni tanladi — endi Noyer bilan nafaqat faoliyat yo'lini solishtirishadi, balki bevosita raqobatda ham taqqoslashadi. 


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика