Noyer rekord o'rnatdi
20 jan 2020 19:59
Yangiliklar


Noyer rekord o'rnatdi
"Bavariya" posboni Manuel Noyer "Gerta"ga qarshi o'yinda "quruq" o'yinlar o'tkazish borasida rekord o'rnatdi.
Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda. Kecha "Bavariya" Germaniya chempionatining 18-turida "Gerta"ni 4:0 hisobida mag'lub etdi.
Noyer esa faoliyati davomida "Gerta"ga qarshi 21 o'yinda qatnashgan bo'lsa, shularning 15tasida gol o'tkazib yubormagan.
Bunga qadar eng yaxshi natija "Verder" va "SHalke"ning sobiq posboni Oliver Rekuga tegishli edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar