Noyer nima sababdan libosini raqibiga berishni istamaganini aytdi
29 okt 2023 16:15
Yangiliklar
Noyer nima sababdan libosini raqibiga berishni istamaganini aytdi
"Darmshtadt"ga qarshi o'yindan keyin myunxenliklar sardori raqiblaridagi hamkasbi Marsel SHuen bilan libosini almashtirishni istamadi. Noyerning so'nggi o'yini o'tgan yilning dekabrida bo'lgandi. Jahon chempionatidan keyin posbon qishki tatilni o'tkazishga jo'nab ketgan va u erda tizzasidan jiddiy jarohat olib, oyog'idan operaciya qilingandi.
37 yoshli posbon maydonga qaytgan o'yinida jamoasi bilan yirik g'alabani qayd etdi - 8:0. Uchrashuv yakunlanganidan keyin raqib posboni Noyerdan libosni almashtirishni so'radi. Biroq u ushbu libosi o'zi uchun ham suvenir bo'lib qolishini aytgan.
"Maydonda kiygan libosim o'zimda qolishini istadim. Uning o'zi barchasini to'g'ri tushundi. Agarda bunday holat navbatdagi o'yinda bo'lsa, muammo yaratmasdim. Odatda libosimni ayamayman. Faqatgina shu safar libosim o'zimda qolishini istadim", - dedi Noyer "Kicker" nashriga.
Fikrlar