Noyer kurashga tayyor

11 iyun 2016, 01:30
Germaniya terma jamoasi darvozaboni Manuel Noyer Yevropa chempionatiga jamoasi va o'zi tayyor ekanini ma'lum qildi.


- Nihoyat Yevropa chempionati start olayotganiga xursandmiz. Terma jamoamizda juda ajoyib muhit hukmronlik qilmoqda. Tezroq maydonga chiqishga oshiqmoqdamiz. Darvozabon bo'lishimga qaramasdan maydonda va tashqarida terma jamoa futbolchilari bilan ko'p muloqotda bo'laman. Oxirgi yillarda o'zimni terma jamoa yetakchilaridan biri sifatida his etyapman. Germaniya terma jamoasi safida endigina kelib qo'shilgan yoshlarga kerakli narsalarni o'rgatishga, ularga maslahat berishga harakat qilaman. Shvaynshtayger birinchi o'yinda jamoamizga yordamlasha olmaydi. Hozircha Lyov Ukrainaga qarshi uchrashuvda kim sardorlik bog'ichi ostida o'ynashini aytgani yo'q. Bu muhim emas. Biz uchun kimda sardorlik bog'ichi turishini katta ahamiyati yo'q. Menga Fransiyada bo'lish yoqmoqda. Bu yerda ayni paytda haqiqiy bayramona kayfiyat. Umid qilamanki, bu yerdan ajoyib xotira va yodda qolarli voqealar bilan uyga qaytamiz.

O'xshash yangiliklar


Manba: uefa.com