Noyer Jahon chempionatigacha tiklanadi
01 noy 2022 14:02
Yangiliklar
"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer jarohatidan so'ng mashg'ulotlarga qaytdi, deb xabar berdi "Bild". Avvalroq futbolchi jarohati tufayli "rekordmayster"ning 7 ta uchrashuvini o'tkazib yuborgandi.
Noyer 2022 yilgi Jahon chempionatiga qadar to'liq tiklanishga ulgurishi mumkin. 36 yoshli darvozabon turnirga borishdan oldin Bundesligada bir nechta o'yin o'tkazishni rejalashtirgan.
Oldinroq "Bavariya" bosh murabbiyi Noyerning mundialda ishtirok etish imkoniyatlari haqida gapirgan edi.
Fikrlar