Noyer Bundesligadagi yubiley o'yinini o'tkazdi
27 may 2020 00:18
Yangiliklar


Noyer Bundesligadagi yubiley o'yinini o'tkazdi
"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer Dortmundning "Borussiya"si bilan o'yinda Germaniya chempionatidagi o'zining 400-uchrashuvida qatnashdi.
34 yoshli futbolchi Bundesligadagi 400-o'yinini o'tkazdi. Nemis 2006/07 yilgi mavsum Germaniyada debyut qilgandan buyon hech kim Bundesligada undan ko'p o'yinda ishtirok etmagan.
Noyerdan tashqari, hozirgi kunda faoliyatini davom ettirayotgan faqat ikkita futbolchi Bundesligada 400 dan ortiq o'yin o'tkazgan. Bular "Verder"ning 41 yoshli forvardi Klaudio Pisarro (487) va "Unioni" xavbeki Kristian Gentner (402).
Noyer Bundesligada "SHalke" uchun 156, "Bavariya" uchun esa 244 o'yinda qatnashgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar