Noyer Avstriyaga qarshi maydonga tushadi
29 may 2018 22:54
Yangiliklar


Noyer Avstriyaga qarshi maydonga tushadi
“Bavariya” va Germaniya terma jamoasi posboni Manuel Noyer jarohatdan to'liq forig' bo'ldi.
32 yoshli darvozabon tema jamoasi tarkibida 2 iyun kuni Avstriyaga qarshi bo'ladigan uchrashuvda ishtirok etadi.
Noyer 2017 yilning sentyabrida oyoq suyagini sindirib olgach va butun mavsumni jarohati bois o'tkazib yuborgandi.
“Agar hammasi joyida bo'lsa, Noyer shanba kuni maydonga tushishi mumkin. Bu uning uchun kerakli bahs. Manuel uzoq davom etgan davolanishlardan keyin 100 foiz jarohatdan forig' bo'ldi. Noyer uchun bunday bellashuvlar juda muhim”, deydi Germaniya terma jamoasining darvozabonlar bo'yicha murabbiyi Andreas Kepke.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar