Noxush xabar. "Yuventus" himoyachisi koronavirusga chalindi
12 mar 2020 03:24
Yangiliklar


Noxush xabar. "Yuventus" himoyachisi koronavirusga chalindi
Koronavirus epidemiyasi sport, xususan, futbolga ham dahl qilishda davom etadi.
Dastlab, bir nechta musobaqalar nomalum muddatga to'xtatilgan, bazi uchrashuvlar bo'm-bo'sh stadionlarda o'tkazilayotgandi. Hozir mazkur virus bilan kasallanganlar orasida professional sportchilar, futbolchilar ham aniqlanmoqda. Turinning "Yuventus" klubi rasmiy saytida bir necha daqiqa oldin yana bir noxush xabar berildi. Unga ko'ra, jamoa himoyachisi Daniele Ruganida koronavirus aniqlangan va u darhol shifoxonaga ko'chirilgan. Klub bayonotida takidlanishicha, virus jamoaning boshqa azolariga ham yuqqan bo'lishi mumkin. SHu boisdan "keksa sinora" rahbariyati tegishli choralarni ko'radi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar