So’nggi yangiliklar

21:00Элит ОЧЛ. "Шаржа" - "Насаф" (онлайн ҳисоб)  12 20:46"Ҳакамлик даражаси тарихдаги энг паст нуқтада!" — Жефф Стеллинг ВАРни кескин танқид қилди  0 19:51Исак жиддий жароҳатдан сўнг қайтишга яқин  3 19:23"Арсенал" футболчиси афсонавий Райт натижасини такрорлади  0 18:57"Милан" 40 ёшли Модричга янги шартнома таклиф қилади  2 18:33Трансфер интригаси: "Манчестер Юнайтед" собиқ футболчисини ортга қайтармоқчи  4 18:06"Вест Хэм" бир вақтнинг ўзида 3 нафар мураббийга маош тўламоқда  1 17:40Расман: "Қўқон-1912" Нимели ва Соҳибжоновни ижарага олди  3 17:22"Машъал" 3 нафар футболчи билан битим тузди  1 16:59"Насаф"нинг бугунги рақиби – "Шаржа шаҳрининг қироллари" ҳақида  7 16:38"Манчестер Юнайтед" "Интер" ҳимоячисига қизиқмоқда  0 16:12Суперлига жамоалари стадионларида VAR тизимини жорий этиш ишлари бошланди  4 15:48Расман: "Машъал" таркибни легионер ҳимоячи билан кучайтирди  2 15:28"Навбаҳор" қозоқ жамоаси билан дуранг ўйнади  3 15:02Аббос Файзуллаев: "Бу — футбол. Бир нечта вазият яратиб ура олмайсиз, рақиб эса битта имкониятдан самара чиқариб кетади"  2

"Nottingem Forest" "Yunayted" bilan o'yindagi hakamlikdan arz qilmoqchi Yangiliklar

"Nottingem Forest" "Yunayted" bilan o'yindagi hakamlikdan arz qilmoqchi

Hakamlik adolatli bo'lmadimi?

"Nottingem Forest" APLning 3-turi doirasida "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda ishlagan Styuart Ettuell hamda uning yordamchilari ustidan shikoyat kiritmoqchi. Klubdagilar hakamning kechagi o'yindagi xatti-harakatlaridan jaxl otiga minishgan.

"Forest" egasi Evangelos Marinakis ushbu o'yinni o'z uyida Afinada tomosha qilgan va hakamning qarorlaridan jaxli chiqqan. Endi greciyalik biznesmen "past saviyada ishlagan" hakamga jazolar kiritilishini istamoqda.

Uchrashuvning 66-daqiqasida maydondan chetlatilgan Jo Uorrel o'z jarima maydonchasi yonida Brunu Fernandeshni yiqitdi. Bosh hakam bu folni so'nggi umid foli deb hisoblagan. O'z navbatida VARdagilar ham Styuartning qarorini qo'llab-quvvatlagan.

Nottingemliklar bu holatdan xavotirga tushishgan, sababi ushbu hakamning aynan ushbu jamoa bilan bu birinchi holati emas. 2021/22 yilgi mavsumda CHempionshipda "Bornmut"ga qarshi o'yinida "Nottingem" penalti tepishi kerak bo'lgan vaziyatda hakamlar offsayd aniqlab, penalti berishmagandi. Ettuelning "Forest" ishtirokidagi navbatdagi o'yini kecha "Yunayted" bilan o'yinga to'g'ri keldi.

"Yunayted"ning oldingi uy o'yinida mankunianliklar raqibi "Vulverxempton" bosh murabbiyi Gari O′Nil ham hakamlikdan noligandi. O'sha uchrashuvning so'nggi daqiqalarida Andre Onana raqibiga ishlatgan foli sababli penalti berilishi kerak bo'lgandi. Biroq penalti berilmagan, yakunda o'sha bahs hakami bir turga chetlatilgandi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика