“Nottingem Forest” Premer-ligaga qaytdi!
29 may 2022 23:00
Yangiliklar


“Nottingem Forest” Premer-ligaga qaytdi!
CHempionship pley-off bosqichining so'nggi o'yinida “Nottingem Forest” “Xaddersfild”ni qiyinchilik bilan mag'lub etdi va Angliya Premer-ligasiga yo'l oldi.
O'yin oldidan ikkala klub ham Ukrainani qo'llab-quvvatlagan holda maydonda saf tortishdi: hakamlar va jamoa sardorlari qo'llarida “Tinchlik” yozuvi tushirilgan Ukraina bayrog'ini ushlab turishgan.
Uchrashuvdagi yagona gol birinchi bo'lim oxirida kiritildi. “Xaddersfild” himoyachisi Levi Kolvill avtogol muallifiga aylandi.
CHempionship. Final pley-off
Xaddersfild — Nottingem Forest — 0:1 (0:1)
Gol: Levi Kolvill, 44 (avtogol)
Pley-off yarim finalida "Nottingem Forest" "SHeffild Yunayted"ni mag'lubiyatga uchratgandi. "O'rmonchilar" oxirgi marta 1998/1999 yilgi mavsumda Premer-ligada ishtirok etishgandi.
Eslatib o'tamiz, chempionatning navbatdagi mavsumi yakunlariga ko'ra, "Fulxem" va "Bornmut" ham APLga qaytishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar