So’nggi yangiliklar

08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  1 08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  1 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  6 07:30Эрон ОАВси. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  5 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  24 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  4 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0

Nosir Otaqo'ziev: "Muxlislarimizga raxmat!" Yangiliklar

Nosir Otaqo'ziev: "Muxlislarimizga raxmat!"

"Qo'qon-1912" - "Paxtakor" uchrashuvidan so'ng Qo'qonliklar hujumchisi, gol muallifi Nosir Otaqo'zievning fikrlari bilan qiziqdik.

-  Avvalo bugungi uchrashuvda g'alaba qozona olmaganimiz biroz dilni xira qildi.  “Paxtakor”ga qarshi bo'ladigan uchrashuvlar xech qaysi jamoaga oson bo'lmagan.  Lekin biz bugun muxlislarimiz ko'z o'ngida g'alaba qozonib maydonni yorug' yuz bilan tark etishni judayam istagan edik. Muxlislarimizga raxmat bugun stadionda ajoyib atmosfera yaratib berdilar. Faqat raqiblar gol urgandan so'ng stadionga biroz sukunat cho'kkandek bo'ldi. Keyingi o'yinlarda bo'lmasinu, mabodo shunday vaziyat ro'y beradigan bo'lsa muxlislarimizdan iltimos qilgan bo'lardim, yanayam shiddat bilan bizni olg'a boshlasalar , qo'llab – quvvatlasalar bu futbolchilarga yanada qo'shimcha kuch-quvvat beradi.
 
-  Bu mavsumga qadar hech qachon birinchi davrani bunday  omadli boshlamaganman. Asosan gollarni ikkinchi davrada urar edim. Bunga sabab jamoamiz hujumkor taktikada o'yin ko'rsatmoqda. Maydonda doim ikkita hujumchi tushyapmiz. Bunda albatta vaziyatlar ko'p bo'ladi. Qolaversa yarim himoyachilarimiz ham hujumga yaxshi qo'shilishmoqda. Natijada Rayevacda xam menda xam vaziyatlar bo'lmoqda.

-  Maqsadimiz chempionatni mana shunday ruhda davom ettirib , stadionga kelayotgan muxlislarimizni  xursand holda qaytishlariga erishish. Bosh murabbiyimiz bitta gapni ko'p takrorlaydilar  “bizni muxlislar oldida yuzimiz yorug' bo'lishi kerak”- deydi Nosir Otaqo'ziev.


Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика