"Norvich" futbolchisi raqibga tupurgani uchun 6 o'yinga diskvalifikaciya qilindi Yangiliklar

"Norvich" futbolchisi raqibga tupurgani uchun 6 o'yinga diskvalifikaciya qilindi

"Norvich Siti" hujumchisi Borxa Sayns 6 o'yinlik diskvalifikaciya bilan jazolandi.

SHuningdek, u 12 ming funt sterling miqdorida jarimaga tortildi.

Avvalroq futbolchi 21 dekabr kuni CHempionshipning 22-turidan o'rin olgan "Sanderlend"ga qarshi o'yinning 74-daqiqasida raqibiga tupurgani haqida xabar berilgandi. Forvard aybini tan olgan.

Ispaniyalik futbolchi joriy mavsum 15 ta gol bilan ikkinchi divizion to'purarlari reytingida peshqadamlik qilmoqda.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика