So’nggi yangiliklar

23:52Максим Шацких: "Суперкубок финалига яхши кайфиятда борадиган бўлдик. Танаффусда ўйинни ўзгартириб юборишга келишиб олдик, акс ҳолда "Ультрас" бизни кечирмас эди"  1 23:32Рўзиқул Бердиев: "Шуҳрат Муҳаммадиев 36 ёшида ёш футболчилардан ҳам тез югуради"  0 22:58А Серияда ким чемпион бўлади? Чемпионлик ўйинлари учун таркиблар маълум!  3 22:39Февзи Давлетов: "Дуранг бўлиши мумкин эди, аммо мағлубият эмас"  3 22:26Суперлига. "Андижон" - "Сурхон" 2:1. Мезбонлардан супер голлар!  2 22:15Месси ва "Интер Майами" музокараларни давом эттирмоқда  1 21:59Суперлига. "Насаф" тур марказий баҳсида ОКМКни ютиб, жадвалдаги етакчиликни тортиб олди  71 21:23Аморим жамоага тезкор футболчиларни олиб келмоқчи  1 20:54Суперлига. "Андижон" "Бобур Арена"да "Сурхон"ни енгиб ғалабасиз сериясига барҳам берди  52 20:19"Реал" Модричга ўринбосар топди  2 19:55Диалло МЮ мухлисларига ваъда берди  3 19:33Анчелотти: "Футбол ҳаёти шундай – вақти келиб ҳар қандай авлод кетади"  1 19:11"Насаф" мухлисларга 3 та соврин билан суратга тушиш имконини яратди  1 18:35Ўзбекистон Кубоги. 1/8 финал босқичига қуръа ташланди: "Қўқон-1912" ўз уйида "Бунёдкор"ни қабул қилади, "Навбаҳор" меҳмонда "Хоразм" билан ўйнайди  15 18:21"Реал" президенти: "Карло Анчелотти энди буюк Мадрид оиласининг абадий аъзосига айланди"  5

"Norin" - "Dinamo". Prevyu Yangiliklar

"Norin" - "Dinamo". Prevyu

Teglar :  DinamoNorin
Yangicha ko'rinishdagi Pro-Liga bahslariga puxta tayyorgarlik ko'rgan “Dinamo” jamoasi joriy mavsumning o'zidayoq Superliga bahslariga yo'llanma olishni maqsad qilgan.

Ushbu vazifa yo'lidagi dastlabki uchrashuvni Samarqand jamoasi bugun, 6 aprel kuni Haqqulobodda mahalliy “Norin” klubiga qarshi o'tkazadi. Pro-Liga 1-turi doirasidagi ushbu raqiblar oldin ham o'zaro to'qnashgan.

O'ZARO O'YINLAR

Xususan, “Dinamo” jamoasi g'olib sifatida Oliy Ligaga yo'llanma olgan 2016 yilgi mavsumda “Norin” klubi jamoamiz uchun asosiy raqobatchiga aylangandi. “Dinamo” ilk marta Namangan viloyatining ushbu klubiga qarshi 2016 yil, 17 aprel kuni maydonga tushib, Birinchi Liga-2016 3-turi doirasida dastlabki g'alabasini qo'lga kiritgan. O'shanda Amirjon Safarovning “dubli” “Dinamo”ga g'alaba keltirgandi. Raqib tarkibidan yagona golga Akmal Yo'ldoshev mualliflik qilgan.

Ikkinchi davradagi uchrashuv esa 2016 yil 26 oktyabr kuni Haqqulobodda kechgan. Ushbu bahsga qadar “Dinamo” Oliy Liga yo'llanmasini qo'lga kiritgan va “Norin” jamoasi bilan kechgan o'yinda mezbonlar 0:0 hisobidagi durangdan keyin bir ochkoni qo'lga kiritib, yakunda Birinchi Liga-2016 yilgi mavsumida 2-o'rindan joy olishgan. Oliy Ligaga chiqish yo'lidagi “pley-off” bahsida esa “Norin” Namanganning bosh klubi “Navbahor”ga mag'lub bo'lgandi – 2:0.

«Norin» - «Dinamo». O'zaro ikki o'yin protokoli:
Birinchi Liga. 3-tur. 17 aprel (yakshanba)
«DINAMO» – «NORIN» - 2:1
Gollar: 
Amirjon Safarov 40, 55 - Akmal Yo'ldoshev 84.
«Dinamo»: Mixail Naumov, Bunyod Isroilov (Hakimxon Alamxonov, 77), Firdavs Abdusalimov, Akmal Bozorov, Aleksey Nikolaev, Omadjon Tayloqov, Jasur Azimov (Islom SHaripov, 63), Azamat Bobojonov (Amirjon Safarov, 22), Saidjamol Davlatjonov, Doston Ibragimov (Jonibek Ko'chimov, 46), Alisher Xoliqov (Temur SHaripov, 65).
«Norin»: Artur Parvanov, Jamoliddin Sirojiddinov, Farrux Nurliboev, Sardor Safarov, SHoirbek Ro'ziev, Eldor Ergashev, Akmal Yo'ldoshev, Vladislav Aleksin, Rustam Azamov, Murodjon To'ychiboev, Asilbek Numonov.



Birinchi Liga. 34-tur.
26 oktyabr (chorshanba)
«NORIN» - «DINAMO» - 0:0
«Dinamo»:
Mixail Naumov, Mirkomil Lokaev, Bunyod Isroilov, Aleksey Nikolaev, Firdavs Abdusalimov, Iskandar Xolmirzaev, Jasur Azimov, Omadjon Tayloqov, Komil SHarofutdinov (Islom SHaripov, 72), Viktor Klishin (Asomiddin Mamatov, 65, Alisher Xoliqov, 75), Amirjon Safarov.

Birinchi Liga-2016. Yakuniy uchligi:

1. Dinamo 32    26    4    2    86-19    82 ochko
2. Norin 32    24    3    5    63-29    75 ochko
3. Cementchi 32    23    5    4    69-19    74 ochko.

RAQIBIMIZ “NORIN” QANDAY JAMOA?

«Norin» klubi so'nggi yillarda quyi liganing etakchi klublaridan biri sifatida natijalarga erishmoqda. Haqqulobod klubi Vali Keldiev qo'l ostida ancha yaxshi natijalarga erishib kelmoqda. Toshkentdagi yig'in doirasida “Norin” klubi nazorat bahslarida “Surxon”, “Andijon” klublarini mag'lub etishga erishdi.

“Norin”ning Toshkentda yig'inidagi o'rtoqlik uchrashuvlari:
«Norin» - «Lokomotiv»-BFK – 3:0
«Norin» - «Andijon» - 3:2
«Norin» - «Surxon» - 3:0

Gollar: Sanjar Baratov, Umarbek To'xtasinov, Bahodir Murtazoev.

Jamoa tarkibi bu yil ancha kuchaydi. Yangi mavsum oldidan jamoa safiga «Olmaliq»dan tajribali himoyachi Vusol Magerramov kelib qo'shildi. O'tgan mavsum ikkinchi yarmini Bangladeshning “Saif” jamoasida o'tkazgan Ahror Umarjonov yana “Norin”ga qaytdi.

O'YINNI TOSHKENTLIK HAKAM BOSHQARADI

Uchrashuvni toshkentlik Akobirxo'ja SHukurullaev boshqarib boradi. O'yin 17:00da Haqqulobodddagi markaziy stadionda boshlanadi.

Pro-Liga. 1-tur.
6 aprel (juma)
“Norin” – “Dinamo”
Hakamlar
: A.SHukurullaev (Toshkent), A.Snetkov (Toshkent vil.), S.Ulfatov (Toshkent vil.).
Nazoratchi – I.Rahimov (Andijon).
Uchrashuv boshlanish vaqti: 17:00.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика