So’nggi yangiliklar

11:08Моуринью Фатини "Фенербахче"да кўрмоқчи. Клуб "Барса"га ўйинчи борасида харид қилиш ҳуқуқи билан ижара таклифини беради  0 10:03"Нефтчи" дарвозабони "Сурхон" таркибига келиб қўшилди  1 09:23Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бугун Осиё кубогидаги рақиби билан ўйнайди  0 09:00Суперлига. Жамоаларда амалга ошаётган трансферлар барчаси битта саҳифада   50 08:35Александр Хомяков: “Йигитлар ғалабага бўлган иштиёқларини намойиш эта олдилар”  0 08:00Санжар Рашидов "Қизилқум"да  4 07:22"Локомотив" таркибида украиналик легионер кўрикдан ўтмоқда  0 03:26Ҳусановнинг "Манчестер Сити"даги дебюти: хато, ҳаёжон ва трибунадан қарсаклар  34 03:00Лига 1. ПСЖ ўз уйида "Реймс"ни юта олмади, Кварацхелия дебют ўйинини ўтказди  1 02:59Ла Лига. Мбаппенинг хет-триги "Реал"га меҳмонда "Вальядолид"га қарши ўйиндаги ғалабани тақдим этди  18 01:30Гвардиола Ҳусанов ҳақида: "У ҳали жуда ёш, ҳали ўрганиб олади. Ҳар қандай футболчи хато қилиши мумкин"  36 01:04Пеп Гвардиола Абдуқодир Ҳусановнинг дебюти ҳақида фикр билдирди  50 00:50АПЛ. "Манчестер Сити" - "Челси" 3:1, Ҳусанов дебют ўйинини ўтказди  6 00:26АПЛ. "Манчестер Сити"дан камбэк, Ҳусанов дебют ўйинида 53 дақиқа ўйнади  513 00:03А Серия. Етакчи "Наполи" "Ювентус"га қарши ўйинда ирода қайд этиб, ғалабага эришди  3

Norchaevning kumiri kim? Uning gollari otasini xursand qilmadimi? Yangiliklar

Norchaevning kumiri kim? Uning gollari otasini xursand qilmadimi?

Qarshida Hindistonning "Mohun Bagan" jamoasini qabul qilgan "Nasaf" raqibini yirik hisobda (6:0) taslim qilganidan xabaringiz bor.

Mazkur bahsning 1-taymida "ajdarlar" hujumchisi Husayn Norchaev xet-trikka erishdi. SHundan keyin 19 yoshli futbolchining otasi To'raqul aka Xo'jamov bilan bog'lanib, bir qator savollarimizga javob oldik.

— Qarshida muxlislar bilan suhbatlashganimizda Husaynni temuriyzoda Boyqaroga qiyoslaganlar bo'ldi. Oilangiz bilan Amir Temur tug'ilgan qishloq — "Xo'ja Ilg'or"da yashar ekansiz. O'g'lingizga ismni kim tanlagan?

— Albatta, o'zim. To'g'ri Husayn Boyqaro mashhur tarixiy shaxs. Lekin o'g'limning ismini u tufayli tanlamaganman. Bolalikdagi o'rtoqlarimdan birining nomi shunday edi. SHu ismni eshitilishi yoqib qolgan. Menimcha, juda yaxshi ism, chuqur manosi bor.

— Husayn Norchaevning futbolga kirib kelishi qanday bo'lgan? Futbolchi bo'laman, deb turib olganmi?

— O'zi ham mahallada to'p tepishni yaxshi ko'rardi. Lekin "Nasaf" akademiyasiga 2011 yil (9 yoshida) bir tanishimizning maslahati bilan olib borganmiz. O'shanda 2002 yillarga Dadajon Tog'aev murabbiylik qilardi. Husaynning harakatalarini ko'rib, mening raqamimni olib qoldi. 6 oycha har hafta dam olish kunlarida o'yinga chaqirib turdi. SHundan keyin ishona boshladimi yoki o'rin bo'shashini kutganmi, hujjatlarni olib kelishimizni so'radi va akademiyaga qabul qildi.

— Husayn 9 yoshida yangi shaharga ko'chib o'tib, oilasidan uzoqlashgan ekan. Hech zerikib, futboldan ketish haqida o'ylaganmi?

— Yo'q. SHukrki, bunday gapni sira eshitganim yo'q. Yoshligidanoq masuliyatni yaxshi his qilardi, barcha qiyinchiliklarga chidadi.

— Bolaligidan hujumchi bo'lishni istarmidi? Kimga ko'proq havas qilgan?

— "Nasaf" afsonasi Zafar Xolmurodovga o'xshashni istardi. Menimcha, o'zbek futboli bosh bilan o'ynash borasida uning oldiga tusha oladigan forvardni ko'rmagan. O'z vaqtida men ham uning muxlisi edim. Hozir Zafarjon bilan yaxshi tanishmiz. Qarshiga borganda suhbatlashib turamiz.

— O'g'lingiz "ajdarlar" akademiyasiga o'tganidan keyin bu jamoa muxlisiga aylanganmisiz?

— Yo'q. Oldindan "Nasaf"ga ishqibozlik qilardik. Viloyatimizning bosh jamoasi bo'lgani uchun mehrimiz bo'lakcha. "Nasaf" har doim birinchi!

— Sizningcha, klub tarixidagi eng yaxshi futbolchi kim?

— Agar legionerlar haqida gap ketsa, shubhasiz, Artur Gevorkyan birinchi. Mahalliy o'yinchilardan bundaylar ko'p. Yuqorida aytganimdek, Zafar Xolmurodov, Ro'ziqul Berdiev, Botir Qoraev eng yaxshilardan hisoblanishadi. Ular bugun ham jamoa bilan birga va klub rivoji uchun hissa qo'shishyapti.

— "Mohun Bagan" bilan o'yinni stadiondan kuzatdingizmi?

— Albatta, bunday o'yinlarni o'tkazib yuborish mumkin emas. Kecha ham "Markaziy"da edik.

— Norchaev 13 daqiqada 3 ta gol urdi. O'yin davomida stadionga yig'ilgan tomoshabinlarning xursandchiligini ko'rdik. Husaynni OFK kubogi to'purarlar poygasida etakchiga aylantirgan goldan keyin qanday tuyg'ularni his qildingiz?

— Ochig'i, xotirjam qabul qildim. Bu yigitlarning o'ynaydigan payti keldi, endi ular yosh bola emas. O'g'limga nisbatan juda talabchanmiz. Gol urgani uchun ko'kka ko'tarish kerakmas, bu uning vazifasi. Markaziy hujumchi bo'ldingmi, vaziyat bo'lganda foydalanish kerak. 

Boshqa tomondan o'yinni butun O'zbekiston tomosha qilayotganini bilasiz. SHunaqa paytlarda ko'nglizda qandaydir his paydo bo'ladi, faxr yoki g'ururga o'xshash. Har bir otaga shu tuyg'uni his qilish nasib qilsin.

— Husayn bilan rejalari haqida gaplashib turasizmi? U kelajagini qaerda ko'radi?

— Albatta, bu haqda suhbatlashganmiz. U tezroq Evropaga, kuchli chempionatlarga ketishni, o'zini ko'rsatishni xohlaydi. Men doim shoshmaslikni maslahat beraman. Tan olish kerak, hali judayam xom. "Nasaf"da qolib ancha "pishishi kerak". Lekin yakuniy tanlov huquqi har doim uning o'zida bo'ladi. 

Hindlarga "master-klass" o'tib bergan "vunderkind" haqida

Muallif :
Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика