So’nggi yangiliklar

14:03"Арсенал" сардорининг жароҳати ҳақида маълумот берди  0 13:35Ўзбекистон ва Озарбайжон мезбонлик қиладиган U-20 Жаҳон чемпионати ҳақида нималарни биламиз?  0 13:1018 ёшида Ўзбекистоннинг энг яхши футболчиси бўлган Александр Гейнрих 41 ёшга тўлди  60 12:44Жордан Пикфорд Дэвид Симэннинг АПЛдаги ютуғини такрорлади  1 12:19Каннаваро Тошкентда   16 12:10Манба: Ўзбекистон Каннаварога Хитойга қараганда 8 баравар юқори маош таклиф қилган  20 11:49Келишилган ўйинлар ва ўйинчиларнинг миллионлаб пул тикишлари аниқланди  2 11:23"Реал" ярим ҳимоячисини сотишга тайёр. У Гвардиолага керак  2 10:46Италия футболининг яна бир афсонасининг ўғли А Серияда дебют қилди  1 10:15Sofascore. Захирадан майдонга тушган Файзуллаев ҳужум чизиғидагилар орасида энг катта баҳо олганлар орасида. Шомуродов эса...  11 09:42Акмал Рустамов: "Улар айни вақтда жароҳатдан даволанишмоқда"  0 08:48Отабек Нарзуллаев: "Битта хато - мағлубиятга олиб келди"  0 08:45Лига 1. Ансу Фатининг дубли "Монако"ни мағлубиятдан қутқариб қолди  3 08:20Гвардиола афсонавий Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  13 07:50Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Машъал"ни енгди, "Сўғдиёна" эса меҳмонда "Шўртан"дан устун келди  0

No'mon Hasanov yirik mag'lubiyat sababini izohladi Yangiliklar

No'mon Hasanov yirik mag'lubiyat sababini izohladi

O'zbekiston kubogi, chorak finalidan o'rin olgan “Nasaf” – “Qo'qon-1912” (4:1) bahsi yakunlangach, dastlab mehmonlar ustozi No'mon Hasanov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

-Avvalom bor Qarshilik muxlislarga mana shunday ko'rkam stadion muborak bo'lsin. O'yin tomoshabop va chiroyli bo'ldi. Futbolchilar ham maza qilib to'p tepishdi. Biz  ikki xil bo'lim guvohi bo'ldik. Dastlabki taymda yomon o'yin namoyish etmadik, deb o'ylayman. Ikkinchi bo'limda o'yinchilarimizda charchoq alomatlari sezila boshladi. O'zlaringizga malum, birinchi davra oxiri. “Nasaf”ni esa g'alaba bilan tabriklayman. Ikkinchi davrada ham mana shunday yaxshi o'yinlari bilan muxlislarini xursand qilishini tilayman.

Bugungi o'yinda kamchiliklar emas, oddiy xatolar tufayli yutqzdik. Birinchi bo'limda “Nasaf”ga vaziyat sodir etishda imkon bermadik. Ikkinchi bo'limda jismoniy jihatdan oqsadik.  Qolaversa, ikkinchi goldan keyin futbolchilarimizda ruhiy tushkunlik ham sezila boshlandi. Bari-bir o'z maydonida o'ynayotgan jamoa kuchli harakat qiladi. Davralar oralig'ida tarkibimizda o'zgarish bo'ladi. Sidorovni ortga qaytarish bo'yicha “Paxtakor”dan xat oldik. Ribkin bilan Siddiqovni jamoada olib qolmoqchimiz.

Albatta bugungi hisob keyingi bosqich taqdirini hal qilgandek, ammo biz javob uchrashuvini o'z maydonimizda o'tkazamiz. Tarkibimiz kuchayadi. Yigitlarimiz Qo'qonda doimo boshqacha o'ynashadi. Biz oxirigacha kurashamiz.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика