So’nggi yangiliklar

17:41 "Атлетико" Рэшфордни ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:03"Бани Яс" — "Хорфаккан". Таркиблар маълум  0 16:24"Ньюкасл" — "Челси". Таркиблар маълум  0 16:10Фабио Каннаваро: "Италиядан таклиф кутавериб, чарчаган эдим"  12 15:40Икки йил аввал еврокубок финалида ўйнаган Италия клуби инқирозга юз тутмоқда  1 15:11Фергюсон МЮнинг 2025 йилдаги энг яхши трансферини айтди  3 14:43"Милан" 41 ёшли Тьяго Силвани сотиб олиши мумкин  3 14:12"Барселона" Рэшфордни сотиб олишга мойил  3 13:26Йошко Гвардиол — "Барселона"нинг трансфер мақсади  9 12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  1 12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  3 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0 11:51"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 11:29"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди  10 10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0

No'mon Hasanov: “Yarim finalda kim raqib bo'lishining farqi yo'q” Yangiliklar

No'mon Hasanov: “Yarim finalda kim raqib bo'lishining farqi yo'q”

O'zbekiston kubogi chorak final doirasida “Qo'qon-1912” – “Qizilqum” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida No'mon Hasanov va Suhrob Berdiev qatnashdi.

No'mon Hasanov: - Avvalo bugungi g'alaba bilan barcha muxlislarimizni tabriklayman. Bugungi g'alabada muxlislarimizning ham hissalari beqiyos bo'ldi.

O'yinga keladigan bo'lsam, bugun birinchi taymdagi o'yinimiz men istagan o'yin bo'ldi. 2-taymga kelib yigitlarda biroz charchoq alomatlari sezildi. SHunaqa paytda zahira o'rindig'ida o'yinni kuchaytiradigan, tajribali futbolchilar etishmasligi bizga ko'p o'yinlarda pand beryapti. Ikkinchi bo'limda zahiradan maydonga tushirgan futbolchilarim barchasi yosh futbolchilar. Hali ular bilan ko'p ishlashimiz kerak. SHunga qaramay g'alabani saqlab qolganimiz quvonarli bo'ldi.

Yarim finalda kim raqib bo'lishini farqi yo'q. CHunki yarim finalda kuchsiz raqib bo'lmaydi. Biz finalga chiqish uchun astoydil harakat qilamiz. Hozircha esa bor etiborimizni Navoiyda bo'ladigan 24-tur o'yiniga qaratishga majburmiz.

Suhrob Berdiev: Bugun biz maydonga faqat g'alaba uchun tushgan edik. Barcha jamoadoshlarim maydonda borlarini berib o'ynashdi.  Yakunda maqsadimizga erishdik. Stadionda bizni ajoyib tarzda qo'llab turgan muxlislarimizga katta rahmat aytaman. Bugun kiritgan har ikkala golimni muxlislarga bag'ishlayman.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика