So’nggi yangiliklar

21:08Гейнрихнинг сўнгги голи ва Абрамовни истеъфога чиқарган Ҳалатбори — Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧ саралашининг сўнгги босқичларини қандай бошлаган?  0 20:49Ўзбекистон терма жамоасининг КХДР билан ўйиндан олдинги расмий машғулоти  1 20:10Ўзбекистон МТЖнинг КХДРга қарши ўйиндан олдинги аъло кайфиятда ўтган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  6 19:42ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ КХДРга қарши оқ либосда ўйнайди  3 19:04Одилжон Ҳамробеков: "Ушбу учрашувлар қанчалик катта аҳамиятга эга эканлигини барча тушуниб турибди"  2 18:31"Лестер" судда ютиб чиқди ва очколарини сақлаб қолди  0 18:03Моуринью "Челси" юлдузини "Фенербахче"да кўрмоқчи  1 17:39ЖЧ-2014 қаҳрамони Португалия чемпионатига ўтди  0 17:10"Винисиуснинг ёнида Мбаппенинг техник имкониятлари чеклангани сезилиб қолмоқда"  6 16:39Айвен Тоуни "Ал Аҳли"да "Брентфорд"дагидан 10 баробар кўпроқ маош олади  2 16:11Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Хитойдаги халқаро турнирда Малайзияни мағлуб этди  6 15:54Тожикистон "Мердека кубоги"да Ливанга ютқазиб қўйди  24 15:12"Челси" собиқ футболчиси Санчо ҳақида: "Пул учун бўлмаса, нима учун?"  3 14:18Винисиус: "Вазият ўзгармаса, ЖЧ-2030ни Испаниядан олиб қўйиш керак"  23 13:45Сречко Катанец: "Бу ерда ким хўжайин эканлигини эртага кўрсатишимиз керак" (тўлиқ)  30

No'mon Hasanov: Vaqtida ketishni ham bilish kerak Yangiliklar

No'mon Hasanov: Vaqtida ketishni ham bilish kerak

Teglar :  No'mon Hasanov
O'tgan yili Paxtakor murabbiylar shtabida mamlakat chempionligini qo'lga kiritgan No'mon Hasanov joriy mavsum mustaqil tarzda jamoani boshqarib kelayotgandi.

Ammo yangi mavsum chempion jamoa uchun omadsiz boshlandi. SHerlar o'z maydonlarida Neftchiga yutqazishganidan so'ng esa, No'mon Hasanov o'z arizasiga binoan Paxtakorni tark etdi. Istedodli murabbiy ko'p vaqt ishsiz qolmadi. Uni Qo'qon-1912 bosh murabbiyligiga taklif etishdi. Biz o'tgan hafta davralar oralig'idagi tanaffusdan foydalanib, murabbiydan yangi klubdagi ishlari xususida intervyu oldik.

- No'mon aka, Paxtakordan ketishingizga faqatgina jamoaning omadsiz ishtiroki sabab bo'ldimi yoki boshqa omillar tasiri ham bor?

- Lokomotivga qarshi kechgan muhim o'yinda jamoa oldida bo'la olmadim. Oilaviy sharoit sabab, o'sha payt bir oyog'im Qo'qonda, ikkinchisi Toshkentda edi. Ko'pchilikning xabari bordir, onam qattiq betob bo'lib, yotib qolgandilar. O'sha kunlarda menda yuzaga kelgan tushkun holat futbolchilarga ham o'z tasirini o'tkazdi, chog'i. Afsuski, o'z maydonimizda Neftchiga imkoniyatni boy berib qo'ydik. SHu mag'lubiyatdan so'ng istefoga chiqish haqida ariza yozdim. Zero, o'z vaqtida ketishni ham bilish kerak. Qo'qonga qatnab yurgan kezlarim shahar klubi rahbarlaridan taklif tushgandi. Ular bilan bu borada suhbatlashgandik ham. Paxtakordan ketganimdan so'ng esa, Qo'qon-1912ni qabul qilib oldim.

- Ochig'i, Paxtakordagi sharoitlar, tarkib, murabbiylar shtabi Qo'qonda yo'q. SHu bois, Qo'qon-1912 rahbariyati oldiga o'z shartlaringizni ham qo'ydingizmi?


- Ha, tafovut bor. Boz ustiga,  Qo'qon-1912 qiyin holatda. Jamoani oliy ligada olib qolish kerak. Vazifani bajarish oson emasligi hozirdanoq kundek ravshan. Ammo qo'lni tushirmaymiz, maqsadga erishish uchun astoydil harakat qilamiz. Qo'qon ko'chalarida ko'plab muxlislar jamoani boshqarishimni so'rashgandi. SHu muxlislar uchun ham jamoa oliy ligada qolishi shart.

- Hozir kattagina tanaffus yuzaga kelgan. Davralar oralig'i murabbiylar uchun tegishli xulosalar chiqarish uchun qulay fursat. Jamoa o'yinini kuchaytirish uchun nimalar qilish kerak?


- Birinchi galda, tarkibni yoshartirishga etibor qaratdim. CHunki jamoada katta yoshli  futbolchilar ko'p. O'zi ish boshlashimdan oldin ham, Qo'qon-1912 o'yinlarini o'rganib chiqqandim. Futbolchilar birinchi bo'limni yuqori saviyada o'tkazishadi. Kuchli raqiblar bilan ham tengma-teng kurash olib borishadi. Lekin ikkinchi bo'limda sezilarli darajada charchab qolishadi. CHunki jismoniy tayyorgarlik maromida emas. Katta yoshli futbolchilar bir bo'limga chidab berishyapti. SHularni inobatga olgan holda, tarkibni yoshartirishni boshladim. O'rinbosarlar tarkibida o'ynagan 4 nafar futbolchini asosiy jamoaga jalb qildim. Bu o'zgarishlar natijasi sezilmoqda. O'tgan 4ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 7 bor ishg'ol qildik. Men kelgunimga qadar esa, barcha o'yinlarda 7ta gol urilgan ekan. Demak, hujumkorlikni oshirdik. Keyin mashg'ulotlarga ham bazi o'zgarishlarni kiritdim. SHo'rtan bilan o'yinda ijobiy tomonga siljish ko'zga tashlandi. Buxoroga qarshi uchrashuvda ham yaxshi o'yin ko'rsatdik. Ayniqsa, ikkinchi bo'limda.

- Qaysi chiziqlarni kuchaytirish haqida o'ylayapsiz?


- Birinchi galda, himoyani. Gol urishni boshladik, lekin orqa chiziqdagi muammolarga hali barham berolmadik. Markaziy himoya juda kuchsiz edi. Bitta foydali o'zgarishni amalga oshirdik. SHu paytga qadar o'ng qanot himoyasida o'ynagan tajribali Jalil Kimsanovni markazga ko'chirdim. Bilasizmi, u bu poziciyada ishonch­li o'yin ko'rsata boshladi. Jamoadoshlarini ruhlantirib, oldinga undayapti. Uning yoniga yana bir tajribali markaziy himoyachini olsak, ishimiz ancha engillashardi. Lekin tajribali himoyachilarning Qo'qonga kelishlari qiyin. Bunday futbolchilar Olmaliq, Nasaf kabi nisbatan baquvvatroq jamoalarni tanlashadi. Ko'z ostimga olib qo'yganlarim bor. Ular bilan har soatda gaplashib turibman. Telefonim qo'ng'iroq va suhbatlardan yonib ketay deyapti... (kuladi).

- Yangi futbolchilar tarkibga qo'shilishdimi?


- Paxtakor zaxirasida o'tirgan istedodli hujumchi Suhrob Berdievni o'z safimizga qo'shib oldik. Uning transfer huquqi endi bizga tegishli. SHuningdek, Paxtakordan Javohir Siddiqov va Nodir Yo'ldoshevni ijaraga oldik. Oldimizda 28 iyul kuni O'zbekiston kubogi doirasida Buxoroga qarshi kechadigan javob o'yini bor. Ilk uchrashuvda durang (1:1) natija qayd etilgandi. Oxirigacha kurashamiz.

- Davralar oralig'idagi tayyorgarlik rejasi ishlab chiqildimi?


- Ha, albatta. 11 iyul kuni CHirchiqda yig'ilamiz. Bu erda 2 haftadan ziyodroq vaqt mashg'ulot o'tkazamiz. SHaroitlar yaxshi, yangi mehmonxona qurilgan. Metallurg ham shu erda tayyorgarlik ko'ryapti. Eng muhimi, ob-havo nisbatan salqin. SHahar bilan taqqoslaganda, 7-8 darajaga farq qiladi.

- Murabbiylar shtabida o'zgarish bormi?


- Hozircha yo'q. Avvalo,tarkibni kuchaytirishga etibor qarataman. Aslida darvozabonlar murabbiyi va jismoniy tayyorgarlikka javob beradigan mutaxassis kerak. Ayni payt Muhiddin Abduvaliev va Sergey Kovshov bilan birga ishlayapmiz.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика